220
kompaniyalarning etkazib berish zanjiri samaradorligini oshirishdan iborat.
Etkazib berish zanjirini boshqarish (SCM) - oxirgi foydalanuvchilarni
mahsulot va xizmatlar bilan ta‘minlashga jalb qilingan o‗zaro bog‗langan
tashkilotlar tarmog‗ini ma‘murlashtirish va boshqarishdir. Mazkur majmuaviy
intizom o‗zida an‘anaviy biznes funksiya hamda taktikalarni etkazib berish zanjiri
doirasida tizimli va strategik muvofiqlashtirishni ifoda etadi.
YAkuniy natija -
kompaniyaning uzoq muddatli faoliyati va raqobatbardoshlik ustunligiga erishish
uchun kompaniyalarning etkazib berish zanjiri yaxshilanadi.
―Buz Allen Gamilton‖ (Booz Allen Hamilton) konsalting kompaniyasi
tahlilchisi
Keyt Oliver, 1982 yilda mijoz talablarini tez va samarali qondirish
uchun etkazib berish zanjirida bo‗layotgan rejalashtirish,
joriy etish va nazorat
qilish kabi barcha jarayonlarni tasvirlab berish uchun ―etkazib berish zanjirini
boshqarish‖ atamasini muomalaga kiritdi. Raqobatli bozor sharoitida etkazib
berish zanjirini boshqarish
xaridlarni nazorat qilish, xom-ashyo materiallarini
omborga joylashtirishdan barcha oxiriga etkazilmagan ishlab chiqarishni
inventarizatsiya qilish va mahsulotlarni kelib chiqish
joyidan talab qilinayotgan
manzilgacha etkazib borish harakatini kuzatib borishgacha bo‗lgan jarayonlarning
barchasini o‗z ichiga oladi.
Etkazib berish zanjirini boshqarish tizimi beshta asosiy komponentni o‗z
ichiga oladi (4.2.3.-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: