O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

5. Mavjud tizimlarga integratsiya 
Agarda tashkilotda boshqa jarayonlarni avtomatlashtirishga bog‗liq axborot 
tizimlari qo‗llanilgan bo‗lsa, u holda joriy etish rejasiga bu tizimlar bilan 
birlashtirish rejasi keltirilgan bo‗lishi kerak. 
6. CRM-tizimlarni etkazib beruvchilarni tanlash 
CRM-tizim etkazib beruvchini tanlash uchun biznes talablarini (biznes-
masala) bozorda taqdim etilayotgan CRM-tizimlar imkoniyati bilan solishtirb 
ko‗rish kerak bo‗ladi. Etkazib beruvchilarni tanlash navbatdagi bosqichi joriy etish 
va integratsiya reja va strategiyasini etkazib beruvchi ilovalari bilan solishtirishdan 
iborat bo‗ladi. Bu solishtirishlarga asoslanib ustuvor CRM etkazib beruvchilar 
ro‗yxati shakllantiriladi. 
7. Aniq etkazib beruvchini tanlash
CRM-tizimlar murakkab dasturiy mahsulot hisoblanadi. Etkazib beruvchini 


216 
tanlashda CRM-tizimlarga xizmat ko‗rsatish va texnik quvvatlash bilan bog‗liq bir 
qator omillarni e‘tiborga olish lozim. 
8. Manfaatdor tomonlarni habarlash 
CRM-tizimlarni joriy etish iste‘molchilar bilan mavjud o‗zaro aloqadorlik 
jarayonlarini bajarish tartibi va qoidalarini o‗zgartirib yuboradi. 
Tizimni samarali faoliyat yuritishini ta‘minlash uchun manfaatdor 
tomonlarni ishlash qoidalari to‗g‗risida xabarlantirish asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Foydalanuvchi tashkilot xodimlari tizim bilan ishlash ko‗nikmalariga 
ega bo‗lishi, mijoz, ta‘minotchi va hamkorlar CRMtizim bilan bog‗liq o‗zgarishlar 
va ishlash yangi qoidalari to‗g‗risida axborotlashtirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Elektron tijorat uchun CRM-tizimlar 
Elektron tijoratda qo‗llaniladigan CRM-tizimlar to‗g‗risida fikr yuritishdan 
avval bir nechta atamalarni aniqlab olish zarur bo‗ladi. Barcha zamonaviy CRM-
tizimlar qaysi biznes sohasida ishga tushirilganligidan qat‘iy nazar qandaydir 
holatda 
internet-texnologiyalardan 
foydalanadi. 
Zamonaviy 
CRM-tizimlar 
Internet-tijorat sohasida ishlovchi kompaniya xodimiga OLAP-texnologiyalar 
yordamida mijoz to‗g‗risida zaruriy axborotlarni olishga va joriy lahza tartibida 
tahlil etishga imkon beradi. Shularga bog‗liq holda, ko‗p hollarda CRM-tizim 
ishlab chiquvchilar o‗z mahsuloti nomiga ―e‖ xarfini qo‗shib qo‗yadi. Ammo bu 
―e‖- CRM tizimlarni elektron biznesga xech qanday aloqasi bo‗lmaydi.
Bu erda eCRM-tizimlar to‗g‗risida so‗z borganda Internet-tijorat sohasida 
ishlovchi kompaniyalar foydalanadigan CRM-tizimlar to‗g‗risida fikr yuritiladi. 
Bundan tashqari, bu tizimlar oddiy CRM-tizimlarda barcha funksiyalarga ega 
bo‗ladi (eng foydali xaridorlarni aniqlash, mijozlar bo‗yicha axborotlarni yaqqol 
ko‗rinishda taqdim etilishi va shu kabilar), ular kompaniya Web-saytiga to‗liq 
integratsiya bo‗lishi xususiyatiga ega bo‗ladi – saytdagi barcha axborotlar CRM-
tizimga kelib tushadi. Tizimni o‗zi esa sayt tuzilishini aniqlab berishi mumkin va 
internet-xarid yoki internet-xizmatlarni ko‗rsatish jarayonida har bir mijozga 
samarali xizmat ko‗rsatilishi mumkin. eCRM-tizimlar kompaniya Web-sayti yoki 
elektron pochta orqali amalga oshirilgan sotuvchi va xaridor o‗rtasidagi barcha 


217 
aloqalarni ro‗yxatga oladi va tahlil qiladi. Bundan tashqari, bu tizimlar internet-
marketingni ishlab chiqish va tahlil qilishga yo‗naltirilishi mumkin. 
Internet do‗konlar uchun eCRM-tizimlar elektron tijoratda CRM-
tizimlarning eng mashhur ko‗rinishi hisoblanadi. Internet orqali savdo qiluvchi 
firmalarda eCRM-tizimlardan ustuvor mijozlarni izlashdan boshlab mahsulotlarni 
etkazib berishgacha – mijoz va kompaniya o‗zaro aloqalari barcha davrlarida 
foydalaniladi. Nihoyat, eCRM-tizimlardan Internetda xizmatlarni taqdim etuvchi 
kompaniyalar, xususan, moliyaviy-internet-xizmatlarda samarali foydalanishi 
mumkin. 
Mijoz uchun do‗kon Web-sayti internet-do‗konning asosiy qismi 
hisoblanadi. Mijoz Web-sayt orqali mahsulotlar to‗g‗risida axborot oladi va 
buyurtmalarni amalga oshiradi. Zarur bo‗lgan mahsulotni izlashda sayt bo‗ylab 
harakat qiladi – qidiruv tizimlari va ilovalardan foydalanadi. Buyurtma lahzasida 
mijoz mahsulotni etkazib berish usuli va joyi to‗g‗risidagi axborotlarni kiritadi, 
to‗lov turini tanlaydi. ECRM-tizimlar kelgusi tahlillar uchun bu barcha 
ma‘lumotlarni kuzatib borishi kerak bo‗ladi. Doimiy holda tashrif bubrib turuvchi 
mijozlarga do‗kon saytida ro‗yxatdan o‗tish taklif qilinadi. Bunday holatda, mijoz 
bo‗lg‗usi xaridlar bilan bog‗liq bo‗lgan axborotlarnigtna kiritib qolmasdan (etkazib 
berish joyi, to‗lov turi, qabul qilib oluvchining ismi), bevosita bo‗lgan ma‘lumotlar 
oilaviy holati, daromadi, qiziqayotgan mahsulotlar turi kabilarni ham kiritadi. 
Bularning barchasi eCRM-tizimlarda e‘tiborga olinadi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling