O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

CRM-tizimlarni joriy etish. Bu tizimlarni joriy etish ishlash va mijozlarga 
xizmat ko‗rsatish sifatini yangi darajalarga olib chiqadi. Tizimni muvaffaqiyatli va 
samarali joriy etish uchun ko‗plab omillarni e‘tiborga olish zarur bo‗ladi. Joriy 
etish jarayoni har doim tashkilot mijozlariga taalluqli bo‗lgani uchun kompaniya 
talablarini qat‘iu aniqlab olish (CRM-tizimlar qanday masalalarni echishi kerak) va 
barcha jarayonni mukammal rejalashtirib olish kerak bo‗ladi. 
CRM-tizimlarni muvaffvqiyatli joriy etish uchun tashkilot rahbariyati bir 
nechta qadamlarni qo‗llashi lozim bo‗ladi. 
CRM-tizimlarni 
muvaffaqiyatli 
joriy 
etishdagi 
asosiy 
qadamlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Asosiy manfaatdor tomonlarni jalb etish.
Loyihani boshlashdan avval barcha manfaatdor bo‗lgan tomonlarni 
(foydalanuvchilar, mijozlar, rahbariyat, ta‘minotchilar va boshqalar) aniqlab olish 
va ularni CRM-tizimlarni joriy etishdan kutilayotgan natijalarni baholab olish 
zarur bo‗ladi. Joriy etish jarayonida manfaatdor shaxslarni ishtirok etmaganligi 
uchun ko‗plab CRM-tizimlar loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ular biznes-
masalalarni baholashni joriy etish strategiyasini ishlab chiqish, kompaniyada 
CRM-tizimlaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
2. CRM-tizimlar strategiyasini aniqlash
CRM strategiyasini aniqlash biznes-maqsad, biznes-jarayon, insonlar va 
dasturiy ta‘minot o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikni yuzaga chiqarishdan iborat. Bu 
o‗zaro aloqadorliknir yaxshi yo‗lga qo‗yish uchun CRM-stragiya o‗ta muhim 
hisoblanadi.


215 
Dasturiy ta‘minotni joriy etishdan avval joriy etishdan keladigan 
afzalliklarni aniqlash va samaradorlikning asosiy ko‗rsatkichlarini aniqlab olish 
kerak bo‗ladi 
3. CRM-tizimlarni joriy etish maqsadlarini aniqlash va ustuvorliklarni 
qo‗yib olish. 
CRM-tizimlarni joriy etish bo‗yicha loyihani ishlab chiqishdan avval joriy 
etish maqsadlarini qat‘iy shakllantirib olish kerak bo‗ladi. Bunda kompaniya 
tuzilishi, funksional darajalar, o‗zgarishlarga qarshiliklar kabi ijtimoiy va tashkiliy 
omillarni e‘tiborga olish maqsadga muvofiy hisoblanadi. 
Maqsadga erishishdagi ustuvorliklarni shunday qo‗yib olish kerakki, bu 
ustuvorliklar mijozlar bilan o‗zaro aloqadorlik asosiy sohalarini qamrab olishi 
kerak. 
4. Joriy etish rejasini ishlab chiqish
CRM-tizimlarni joriy etish strategiya va maqsadlari aniqlab olingandan 
so‗ng joriy etish rejasi ishlab chiqiladi. Maqsadga erishish ustuvorliklar bilan 
bog‗liq bir nechta rejalardan tarkib topishi mumkin. Reja mas‘ul shaxs, asosiy 
ko‗rsatkichlar va muddatni o‗z ichiga oladi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling