O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Biznes samaradorlikni boshqarish (BPM)
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Biznes samaradorlikni boshqarish (BPM).Zamonaviy biznesga natijaviy
mahsulotni yaratish imkonini beruvchi turli operatsiyalar to‗plami zarur bo‗ladi. Bunday operatsiyalar majmuasining aniq bir ketma-ketlik asosida bajarilishi, o‗z navbatida, biznes-jarayonni tashkil etadi. Bu atama orqali miqdoriy o‗lchash mumkin bo‗lgan bir qator aniq masalalarni echish zarurati tushuniladi. Bu masalalarni echish asosiy maqsadi avvaldan rejalashtirilgan natijaga o‗z vaqtida erishish bo‗lgan xodimlar hamda tizimlarning o‗zaro aloqadorligida amalga oshiradi. Yangi hisob ochish, xizmat safarini rejalashtirish, shartnomalarni kelishib olish va hujjatlashtirish, salohiyatli mijoz\xaridorga buyurtma summasini hisoblab berish, byudjetlashtirish, smeta tuzish, ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarish, xizmatlar, tovarlarni yuklash – bularning barchasi biznes-jarayonlarga misol bo‗la oladi. Biznes-jarayonlarni joriy etish - bajarilayotgan harakatlarning qat‘iy nazorati, boshqariluvchanlik va ijro mahsuldorligi hamda tezligini oshirishni ta‘minlashga imkon beruvchi texnologik echimdir. Kompyuter erasining boshlanishi biznes-jarayonlarni takomillashtirish yo‗nalishlarini smarali rivojlantirish imkonini berdi. Dastlabki davrda tashkilot resurslarini rejalashtirishga alohida e‘tibor qaratildi. Biznes-jarayonlarni boshqarish ishlab chiqarish, logistika, sotib olish, buxgalteriya kabi sohalarda keng ko‗lamda qo‗llanila boshlandi, bevosita savdo va marketing sohalarini avtomatlashtirish ishlari olib borildi. Keyingi navbatda etkazib beruvchi va mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni boshqarishda avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda biznes-jarayonlarini boshqarish (BPM) va kompaniyaning barcha (yoki qisman, asosiy) biznes-jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beruvchi kompyuter tizimlari faol joriy etilayotganligini kuzatish mumkin. BPM tizimlari samaradorligini ahamiyatli darajada oshirish mumkin bo‗lgan 226 tarmoqlarda joriy etiladi. Ba‘zi bir jarayonlar tashkilotning bir nechta bo‗linmalarini o‗z ichiga olishi mumkin, ba‘zilari esa kompaniyaning yetkazib beruvchilar, biznes hamkorlar, mijozlar bilan o‗zaro munosabatlari natijasida paydo bo‗ladi. Mehnat unumdorligini oshirishda xodimlarni yollashdan buyurtmalarga ishlov berishgacha boʻlgan biznes-jarayonlar o‗ta muhim hisoblanadi. BPM biznes-jarayonlarni avtomatlashtiradi hamda tartibga soladi, faoliyatni samarali bajarilishi va mahsuldorlikka erishish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini qayta qurish, boshqarish va nazorat qilishni osonlashtiradi. BPMdan samarali foydalanish uchun korxonalar jarayon natijalariga e‘tiborini jalb qilishi va ishlab chiqarish oqimlarini jarayonning rejalashtirilgan natijalarini e‘tiborga olgan holda olib borishi kerak. Inson va kompyuter tomonidan bajarilayotgan masalalar bir-biridan farq qilmasligi kerak. BPM tizimi ob‘ektlar, masala va joyi o‗rtasidagi o‗zaro aloqani e‘tiborga oladi hamda ularni texnologik jarayonga moslashtiradi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling