O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Korxona rejasidan qaror qabul qilishni ko‗p bosqichli qo‗llab-


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Korxona rejasidan qaror qabul qilishni ko‗p bosqichli qo‗llab-
quvvatlashga o‗tish. Aksariyat ishlab chiqaruvchilar ERP -tizimning etarli 
emasligini va tovar-moddiy zaxiralardan optimal foydalanish bilan ko‗p bosqichli 
modellashtirish zarurligini ta‘kidlaydi. 
Ishlab chiqarishga materiallar va logistika bo‗yicha cheklovlar 
qo‗shiladigan turli cheklovlar sifatidagi yondashuvlarni o‗zgarishi. Hozirgi 


224 
vaqtda etkazib berish zanjiridagi cheklovlarga yangicha qarashlar paydo bo‗ldi.
CHeklovlar asosidagi qat‘iy rejalashtirishdan taklif va talabning aniq ko‗rinishini 
o‗z ichiga oluvchi sinxron, multikomponentlarga o‗tildi. 
Buyurtmani bajarish vaqtini qisqarishi. Buyurtmani rasmiylashtirishdan 
boshlab uni iste‘molchiga etkazib berishgacha bo‗lgan muddatni qisqartirishning 
ortib borayotgan zaruriyati omborda ro‗yxatga olish va nazorat qilish tizimlari 
(WMS), yuklashni boshqarish tizimlari (TMS) va buyurtma/savdo operatsiyalari 
boshqarish bo‗yicha ko‗p kanalli yechimlarini o‗z ichiga olgan etkazib berish 
zanjiri tizimlarini (SCE) joriy etishga katta ehtiyoj yaratadi. 
Tarmoq oqimi tahliliga e‘tiborni oshishi. Kompaniyalar o‗zlarining 
etkazib berish zanjirlarida ko‗proq tashqi manbaalardan foydalanar ekanlar optimal 
oqimlarni tahlil qilish uchun qo‗shimcha vositalardan foydalanadilar, jumladan, 
xatarlarni minimallashtirish va daromad hamda bozordagi ulushini oshirish 
maqsadida etkazib beruvchilarni baholash, grafikni o‗zgartirish yoki muddatini 
uzaytirish strategiyasini aniqlash, shuningdek, xizmat ko‗rsatish va mahsulotlar 
nomenklaturasining tahlili xarajatlari tahlilini olib borish uchun yanada ko‗plab 
vositalarni qo‗llashadi. 
Xizmat ahamiyatining tan olinishi. Mahsulot sotuvchilari sotuvdan 
keyingi xizmatlarga ko‗proq e‘tiborni qaratish foyda darajasini oshirishi va 
mijozlar ehtiyojini to‗liq qondirishiga olib kelishini bilib oladi, shuningdek, biznes 
boshqaruvini yaxshilaydi va yangi xizmat takliflarini ishlab chiqishga imkon 
beradi. 
So‗nggi o‗n yillikda SCM tizimlari bozori nisbatan barqaror bo‗lib qoldi. 
Kompaniyalar korporativ boshqarish ERP tizimiga amalga oshirgan sarmoyalari 
asosida etkazib berish zanjirini boshqarish infratuzilmalarini barpo etishda davom 
etmoqda. 
Dasturiy ta‘minot sifatidagi xizmat (SaaS) ham SCM tizimidan 
foydalanishda muhim omil hisoblanadi va ishlab chiqaruvchilar e‘tiborini tobora 
ko‗proq jalb qilmoqda. Ushbu qiziqishning sababi, kapital xarajatlarni kamaytirish 
va tizimni ishga tushirish (ochish) muddatini qisqartirish uchun SaaSning doimiy 


225 
jalb etish bilan birga, fragmentlashtirilgan etkazib berish zanjirlarini 
ratsionalizatsiya qilish vositalarni qidirish zarurati hisoblanadi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling