O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BPM tizimini boshqarish moduli
BPM tizimining tuzilishi
BPM tizimi yordamida jarayonda ishtirok etishga jalb etilgan tizimlar va odamlar ortasidagi oʻzaro hamkorlik, ishlar va axborotlar oqimini boshqarish 15 Referent model - muayyan sohada biznesni yuritish bo'yicha tavsiya etilgan amaliyotlarni rasmiylashtiradigan konseptual model. Referent (yo'naltirilgan, ma‘lumotli) modellar biznes jarayonlar uchun ishlab chiqilgan funktsiyalar va jarayonlar majmuasi asosida xususiy modellarni ishlab chiqishga imkon beradi. 235 amalga oshiriladi. Odatda, BPM tizimining tuzilishi yuqorida ko‗rsatilgan barcha o‗zaro hamkorliklarni boshqarishga imkon beruvchi bir nechta dasturiy komponentlarni o‗z ichiga oladi. Umuman olganda, BPM tizimining tuzilishi biznes-jarayonlarni hamkorlikda modellashtirish dasturiy komponentlari, biznes qoidalarini yaratish va boshqarish vositalari, AT-infratuzilmasini yaratishga imkon beruvchi modullar va olib borilayotgan biznes-jarayoniga integratsiya qilish dasturiy komponentlarini o‗z ichiga oladi. Bundan tashqari, tizim tuzilishi ishlar oqimini boshqarish (workflow) va biznes-jarayoni modellarini ishlab chiqish va saqlash uchun omborxona vositalari mavjud. BPM tizimlariga kiritiladigan yana bir muhim element - foydalanuvchilarga biznes-jarayonlari monitoringini olib borish imkonini beradigan tahlil va hisobotlar taqdim etish modulidir. BPM tizimlari tarkibiga kiradigan asosiy dasturiy modullar quyidagilar: - grafik modellashtirish moduli. Bu vosita jarayonni grafik ko‗rinishda modellashtirish uchun mo‗ljallangan. Analitik xodim bu modul yordamida jarayonlarni biznes qoidalari, axborot oqimi va ishlar oqimi atamalarida taqdim etishi mumkin; - dinamik modellashtirish moduli. BPM tizimlari bu vosita yordamida biznes modelini dinamik ko‗rinishda taqdim etishga imkon beradi. SHu hisobga, jarayon va cheklangan resurslar muammosi aniqlanadi, bu jarayonga modellashtirish bosqichida o‗zgartirish kiritishga imkon beradi; - ilovalar ishlab chiqish moduli. Bu modul ishlab chiquvchini foydalanuvchi interfeysi va turli muloqot shakllarini yaratish, BPM tizimini boshqa biznes ilovalar va axborot tizimlari bilan integratsiyasini amalga oshirish zaruriy vositalari bilan ta‘minlaydi. - ish oqimi va biznes qoidalarini boshqarish moduli. Ushbu modul ish oqimlari, axborot oqimlari va hujjatlarni boshqarishni amalga oshirish bilan birga, belgilangan biznes qoidalari bajarilishini nazorat qilib boradi. Jarayonda ishtirok etadigan xodimlar uchun masalalarni shakllantirish va BPM tizimi bilan o‗zaro 236 bog‗langan axborot tizimlari uchun biznes qoidalarni shakllantirish ishlari amalga oshiriladi. - jarayonlar interfeysi moduli. Mazkur modul tufayli foydalanuvchilar tayinlangan masalalarni ko‗rib chiqishi, masala ustuvorligini boshqarishi va ularni bajarishi mumkin. - jarayonni boshqarish moduli. Bu modul jarayon monitoringini olib borish uchun zarur. Bu jarayon ko‗rsatkichlarini olish, ularni tahlil qilish va zarur hisobotlarni shakllantirish imkonini beradi. Biznes-jarayonlarining turli parametrlariga muvofiq monitoring olib borish mumkin. Mazkur parametrlarga asoslangan holda BPM tizimdagi jarayonlarga tezda o‗zgarishlar kiritish mumkin. - BPM tizimini boshqarish moduli. Bu modul tizim ma‘muri vositalarini ifoda etadi. Dasturiy ta‘minot konfiguratsiyasini sozlash, kirish huquqini belgilash, apparat vositalari ishlashini nazorat qilish va shu kabilar amalga oshiriladi. Turli BPM tizimlarida modullar turlicha nomlangan (tizim ishlab chiquvchisiga bog‗iq holda) bo‗lishi mumkin. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling