233
Jarayonli yondashuvdan foydalanadigan
boshqa korporativ axborot
tizimlaridan (ERP, CRM, OLAP tizimlari, DocFlow) farqli ravishda, BPM
tizimlarni faoliyatga qo‗llash oson va joriy etgandan co‗ng tezda o‗z
samarali
natijalarini bera boshlaydi. Menenjerlarga tashkilotdagi vaziyatni kuzatib
borishning oson va qulay usulini ta‘minlab beradi, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarga
– mas‘uliyatni aniq taqsimlash va o‗z ish vaqtini samarali boshqarishga,
iste‘molchilarga - yanada tez va sifatli mahsulot yoki
xizmatlar etkazib berish
imkoniyatini beradi. Biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarishni
ta‘minlaydigan axborot tizimlari orasida BPM tizimlari korporativ dasturiy
ta‘minotning uchta toifasi kesishmasidan tashkil topadi. Ushbu toifaga quyidagilar
kiradi:
-
hujjatlar tizimi – hujjatlar oqimini belgilangan
qoidalarga muvofiq
harakatlanishini kuzatish imkonini beradi
. YA‘ni, bunday tizimlar hujjatlar oqimi
harakatini avtomatlashtiradi;
-
resurslarni boshqarish tizimlari - ERP, CRM tizimlari kabi moddiy va
inson resurslarini nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Bunday tizim
resurslarni boshqarishni avtomatlashtirib beradi;
-
CASE vositalari, tashkilot jarayonlarini modellashtirish va tahlil qilish
imkonini beruvchi ARIS, BPWin, ERWin, Rational Rose kabilar.
Bu tizimlar
jarayonlarni modellashtirish va yaratishni avtomatlashtiradi.
BPM tizimlarining bajaridigan funksiyalari uzliksiz kengayib bormoqda. Bu
esa ko‗pgina "an‘anaviy" korporativ biznesni qo‗llab-quvvatlash tizimlarining
afzalliklarini o‗zida jamlashga olib keldi. BPM tizimlarida mazkur tizimlarning
ayrim vositalari mavjud.
Bundan tashqari, BPM tizimlari korporativ
boshqaruvning boshqa tizimlari bilan integratsiyalashish xususiyatiga ega, bu
xususiyat
tashkilotning
mavjud
IT-infratuzilmasiga
integratsiyalashuvini
soddalashtiradi va samarali ishlashiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: