234
kompaniyaning noyob jarayonlarini avtomatlashtirishga yo‗naltirilgan. ERP
tizimlariga o‗xshash korporativ boshqaruv tizimlari, odatda,
kiritilgan ichki
funksional imkoniyatlar (referent
15
(mos yozuvlar) modellari) mavjud bo‗lib,
undagi variantlar yordamida tashkilot jarayonlariga sozlash imkoninin beradi.
Bunday sozlash vaqtida amalga oshirilayotgan jarayonning asl holati ham ERP
tizimidagi foydalanilayotgan aniq funksiyaga sozlanishi
natijasida sezilarli
darajada o‗zgarib boradi va BPM tizimlarida muayyan referent modelga murojaat
qilinmasdan tashkilotning har qanday noyob jarayonini avtomatlashtirishga imkon
yaratadi.
Hujjat aylanish tizimlari hujjatlar oqimi chizmasini yaratib olish orqali
hujjatlarni boshqarishni ta‘minlaydi. Bunday chizmalar, odatda, hujjatlarga ishlov
berish va saqlash namunaviy algoritmlarini ifoda etadi. SHu
bilan birga, hujjatlar
hujjatlar harakatining chizmasi hujjatlar yaratiladigan va ishtirok etadigan
jarayonlardan ajratilib olingan holatda boʻladi. BPM
tizim modullari jarayonni
grafik tasvirlash asosida hujjatlarni boshqarish oqimini yaratadi. Bu tashkilot
jarayonlari bilan hujjatlarning hamkorlik aloqasini saqlab qolish imkonini beradi.
BPM tizimlarining ahamiyatli tomonlaridan biri boshqa dasturiy mahsulotlar
bilan integratsiyalanish xususiyatidir. Bu yaratilayotgan
biznes-jarayonlarining
moslashuvchanligini etarli darajada oshiradi. CASE vositalarining aksariyati
cheklangan miqdordagi masalalarni echishga yoʻnaltirilgan
yahlit dasturiy
mahsulot hisoblanadi. CASE vositalari yordamida yaratilayotgan biznes-jarayon
modellari integratsiya bo‗yicha cheklangan xususiyatga ega boʻladi. BPM
tizimlarida Servis-yo‗naltirilgan arxitektura (Service Oriented Architecture-SOA)
qoʻllanilib, bu biznes-jarayon modellarini turli ilovalarga
oson integratsiya qilish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: