O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
-bosqich. Tahlil va tartibga solish
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
4-bosqich. Tahlil va tartibga solish. YAkuniy bosqichda strategik rejalar
tashkilotning real faoliyat ko‗rsatish shartlariga muvofiq belgilanadi. O‗zgarishlarni rejalashtirishda vaziyatni rivojlantirish uchun turli ssenariylarni prognozlash va modellashtirish vositalaridan foydalanadi. Natijada korporativ boshqaruv sikli - tanlangan strategiya va uning amaliyotga tatbiq etilishi bilan tugallanadi. SHunday yo‗l bilan, BPM-tizimlar ma‘lumotlar yagona modeli asosida bankning kelishilgan strategik va taktik boshqaruvini qo‗llab-quvvatlash uchun integral infratuzilmani yaratishga imkon beradi. Xususan, ta‘sir e‘tishni tahrirlash ma‘nosida menenjerlarga yuzaga kelgan holat va turli og‗ishlardan o‗z vaqtida ogoh bo‗lishga yordam berib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi: − ogohlantirishlarni yaratish va boshqarish ilovalari (ogohlantirishni shakllantirishning izohlangan sabablari, ogohlantirish tiplari, jo‗natma manzillari va axbortlarni taqdim etish usullarini o‗z ichiga olgan holda); − ogohlantirishlarni olishda vizuallashgan signallarni ta‘minlovchi indikator panellarini boshqarish ilovalari; − aniq jarayonlarni ishga tushirish, ogohlantirishlarni jo‗natish yoki biron-bir harakatni boshlash kabi tuzatuvchi ta‘sirlarini quvvatlash avtomatlashtirilgan vositalari; − yangi maqsadlarni shakllantirish yoki mavjud maqsadlar ko‗rsatkichlari qiymatini o‗zgartirishga imkon beruvchi texnologiyalar. 232 BPM infratuzilmasi uchta toifagadagi yechimlarni oʻichiga oladi: – ma'lumotlar bazasi infratuzilmasi (data infrastructure) - integratsiya va ma'lumotlarni saqlash vositasi (ma'lumotlar ombori, relyatsion va koʻp oʻlchovli ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlarni uzatish va ajratib olish, ma'lumotlar sifatini ta'minlash vositalari, ma'lumotlarni modellashtirish vositalari); – analitik infratuzilma (analytic infrastructure) - hisobot, tahlil, elektron jadvallar va boshqa xususiy tizimlar bilan integratsiya qilish vositalari, ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish vositalari, indikatorlar paneli, real vaqt tartibida monitoring oʻtkazish vositalari; – IT infratuzilmasi (IT infrastructure) - serverlar, ma'lumotlarni saqlash texnik vositalari, kompyuter tarmoqlari, operatsion tizimlar, hisoblash tizimlarini nazorat qilish vositalari, hisoblash quvvatini rejalashtirish va tahlil qilish ilovalari. BPM-majmuasining texnologik arxitekturasi 111-chizmada tasvirlangan. Chizmadan ko'rinib turibdiki, bunday infratuzilma tranzaksiya tizimlari, asosiy BPM-jarayonlar va foydalanuvchi interfeysi vositalari o'rtasidagi mantiqiy aloqa va ma'lumotlar oqimini ta'minlash uchun yoʻnaltirilgan. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling