223
Texnologik rivojlanish, ayniqsa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari narxining
tushib borishi etkazib berish zanjiridagi aloqalarni yanada muvofiqlashtirishga olib
keldi.
Korxonalar bozorda raqobatbardosh bo‗lishi uchun
samarali etkazib berish
zanjirlarini yaratish zarurligiga tobora ko‗proq ishonishmoqda.
YAngi asrning birinchi o‗n yilligida biznes-muhitdagi o‗zgarishlar etkazib
berish zanjirlari tarmog‗ini rivojlantirilishiga olib keldi. Globallashuv natijasida va
transmilliy kompaniyalar, qo‗shma korxonalar, strategik bitimlar va boshqa biznes-
hamkorlik sonini ortishi, ilgari mavjud bo‗lgan ―Ishlab chiqarishni yangi sharoitga
tez moslashish‖ va ―Qat‘iy muddat" tamoyili bo‗yicha yo‗qotishlarsiz
Ishlab
chiqarish‖larga to‗ldiruvchi sifatida muvaffaqiyatning yangi omillarini aniqlab
berdi.
Keyingi texnologik taraqqiyot, xususan, SCM tizimi tarnzaksiya xarajatlari
tabiiy komponenti bo‗lgan axborot kommunikatsiyasining arzonlashuvi etkazib
berish zanjiri bo‗g‗inlari o‗rtasidagi muvofiqlashuvni yanada yaxshilanishiga olib
keldi.
Zamonaviy landshaftni o‗zgartiradigan omillar
globallashuv va global
logistika strategiyasi, etkazib berishning yanada tarmoqlangan tarmog‗ini,
mijoz
talablarini xilma-xilligini ortishi, individual mijozlar
buyurtmasi uchun ishlab
chiqarish hajmining oshishini o‗z ichiga oladi.
Globallashuv yo‗nalishidagi o‗zgarishlar va bozorni jadallashtirish
korxonalarning biznes-ustuvorliklarini o‗zgartirib yuboradi. Masalan:
Statik rejalashtirishda talabni aniqlash va talabning shakllantirishga
harakat. Bugungi kunda kompaniyalar odatda kundalik yoki haftalik ma‘lumotlar
asosida talablarni aniqlash va boshqarishga e‘tiborni yanada faol jalb qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: