O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

CRM-tizim turlari. Zamonaviy CRM-tizimlarni bir nechta turga ajratish 
mumkin. CRM-tizimlar turlarga echilayotgan masmalalar, bu tizim quvvatlashi 
yo‗naltirilgan iste‘molchilar bilan o‗zaro aloqa sikli bosqichlariga bog‗liq holda 
ajratiladi. 
Tizimni uchta asosiy turga ajratish mumkin: 
1. Operatsion. 
CRM-tizimlarning 
bu 
turi 
tezkor 
faoliyatni 
avtomatlashtirishga imkon beradi. Operatsion CRM-tizimlar har bir aniq mijozga 
bog‗langan turli ma‘lumotlar to‗plamiga ishlov berishni amalga oshiradi. Bunday 
tizim savdo, marketing, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‗rsatish (mijozlarga 
xizmat ko‗rsatishni quvvatlash) bo‗limlarini quvvatlab turishi uchun zarur bo‗ladi. 
Odatda, operatsion CRM-tizimlar ishlaydigan ma‘lumotlar to‗plami mijoz 
to‗g‗risidagi barcha aloqa o‗rnatish axborotlari, o‗zaro hamkorlik tarixi, xaridar 
hajmi va soni, mijozlar bilan kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa shu kabi 
ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Bu tizimdagi axborotlar analitik CRM-tizimlar asos 


211 
bo‗lib xizmat qiladi. 
2. Analitik. Bu turdagi tizim marketingni quvvatlash bosqichlari va 
strategik darajadagi savdolar uchun zarur. Marketing kompaniyalarini rejalashtirish 
va eng samarali savdo strategiyasini tanlashga imkon beradi. Analitik CRM-
tizimlari ma‘lumotlar bazasidagi axborotlarga ishlov beradi, axborotlarni 
tizimlashtirishni amalga oshiradi, aniq algoritmlar asosida mijozlar bilan o‗zaro 
aloqadorlikda eng samarali munosabatlarni yuzaga chiqaradi; 
3. Qo‗shmalilik (aloqadorlik). Bunday turdagi CRM-tizimlar mijozlar bilan 
birgalikda ishlashni ta‘minlaydi, ya‘ni, mijozlar kompaniya CRM-tizimlar bilan 
bevosita o‗zaro hamkorlik imkoniyatiga ega bo‗ladi. O‗zaro hamkorlik Web-
sahifa, elektron pochta, avtomatik ovozli aloqa va shu kabilar yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. 
Tizimning ishlab chiquvchilar, odatda, bu ko‗rsatilgan uch asosiy tur 
kombinatsiyalaridan tashkil topgan CRM-tizimlarni taklif etadilar.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling