Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org
100
|
0,06(1 + 0,06) |
|
Oqibatda, esa rentabelligi kamroq bo‘lgan amerika loyihasini tanlardik.
4.5. Valuta risklarini kamaytirish
Valuta risklari, odatda, banklarda turli metodlar bilan boshqariladi. Bank tuzilmasida valuta risklarini boshqarishning birinchi qadami valuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlarni belgilashdan iborat. Misol uchun, quyidagi cheklovlar juda keng tarqalgan:
xorijiy davlatlar uchun cheklovlar (kun mobaynida har bir mamlakatdan mijozlar va kontragentlar bilan operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo‘lgan summa o‘rnatiladi);
ishtirokchilar va mijozlar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha cheklovlar (har bir kontragent, mijoz yoki mijozlar turlari bo‘yicha operatsiyalar uchun maksimal mumkin bo‘lgan summa o‘rnatiladi);
instrumentariy cheklovi (mumkin bo‘lgan valutalar va savdo instrumentlari ro‘yxatini belgilagan holda qo‘llaniladigan instrumentlar va valutalar bo‘yicha cheklov o‘rnatish);
har bir kun va har bir diler uchun cheklovlar (odatda, keyingi ish kuniga ko‘chirish mumkin bo‘lgan, har bir muayyan diler va har bir instrument uchun sotiladigan chet el valutalari uchun maksimal mumkin bo‘lgan ochiq mavqeining hajmi);
yo‘qotish limiti (zararlarning maksimal miqdori belgilab qo‘yiladi, shundan so‘ng barcha ochiq mavqelar zarar bilan qoplanishi kerak). Ba’zi banklarda bu chegara har bir ish kuni uchun yoki alohida davr uchun belgilanadi (odatda bir oy); boshqa banklarda - muayyan turdagi vositalar uchun, ayrim hollarda - yakka tartibdagi dilerlar uchun.
95
Jahon amaliyotida cheklovlarga qo‘shimcha ravishda valuta risklarini kamaytirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:
“metching” metodi deb ataluvchi aktivlar va passivlar bo‘yicha valutalar oldi-sotdisida o‘zaro hisoblashish, bunda valuta tushumlarini uning chiqib ketish miqdoridan chegirib tashlash yordamida bank ularning hajmi va mos ravishda o‘z riskiga ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi;
yiriklashtirish yordamida valuta bitimlari sonini maksimal darajada qisqartirishdan iborat bo‘lgan “netting” metodidan foydalanish. Buning uchun banklar xorijiy valutani sotib olish va sotish uchun ariza qabul qilishni muvofiqlashtiruvchi bo‘linmalar tashkil qiladi;
Download 0.61 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling