Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Valuta bozoriga yagona narx qonunining ilovasini ko‘rib chiqamiz, shuningdek, uni boshqa istalgan bozorga tatbiq etish mumkinligini qayd etamiz


Download 0.61 Mb.
bet80/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Valuta bozoriga yagona narx qonunining ilovasini ko‘rib chiqamiz, shuningdek, uni boshqa istalgan bozorga tatbiq etish mumkinligini qayd etamiz.


Yagona narx qonuniga ko‘ra, agar raqobat bozorida muqobil aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirilsa, ularning bozordagi narxi yaqinlashishga moyil bo‘ladi. Yagona narx qonuni arbitraj deb ataladigan jarayonga – narxidagi farqdan kafolatlangan foyda olish maqsadida muqobil aktivlarni sotib olish va zudlik bilan sotishga asoslangan.


Arbitraj bitimlarini amalga oshirish raqobatbardosh bozorda erkin konvertatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday uch valuta uchun uchinchi valuta kursini aniqlashda ixtiyoriy ikki valuta kursini bilish yetarli bo‘lishini kafolatlaydi. Shunday qilib, 1 AQSh dollari 100 Yaponiya iyeniga, 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi – 200 Yaponiya iyeniga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, yagona narx qonuniga muvofiq, 1 Buyuk Britaniya funt sterling 2 AQSh dollari teng.


Valuta bozorlarida arbitraj operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini turli valutalarda ifodalangan oltin narxi tahlilida ko‘rib chiqamiz. AQSH dollar qiymatida ifodalangan bir unsiya oltinning joriy qiymati 100 $ ga teng, bir unsiya oltinning iyendagi narxi esa – 10000 iyen bo‘lsin.


Yagona narx qonuni bo‘yicha oltinni sotib olayotganda valutaning turi muhim emas. Shuning uchun 10000 iyen narx 100 $ narx uchun mos bo‘lishi kerak, bundan esa $ da ifodalangan iyen narxi 0,01 $ bo‘lishi kerakligi kelib chiqadi.


Faraz qilaylik, yagona narx qonuniga zid ravishda 1 iyen narxi 0,01 $ emas, balki 0,009 $ ni tashkil etsin. Aytaylik, sizning bank hisobingizda 10000 $ bor. Oltinni bir unsiyasini 10000 iyen yoki 100
97

$ ga sotib olish yoki sotish imkoniyati mavjud. U holda 10000 $ ni


. = 1111111,11 iyenga almashtira olasiz. Shundan so‘ng tabiiyki 111,1111 unsiya oltin sotib olasiz va uni 100*111,1111= 11111,11 $


miqdorida foyda olish maqsadida sotasiz. Endi oltin va iyen oldi-sotdisi uchun operatsion xarajatlarni hisobga olmagan holda qo‘lingizdagi 11111,11 $ bor va shunga o‘xshash arbitraj operatsiyalari jami operatsion xarajatlar 11111,11 – 10000 = 1111,11 $dan kam bo‘lmagunga qadar rentabelli bo‘lib qoladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling