Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Yarim-o‘zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga nisbatan o‘zgarishi


Download 0.61 Mb.
bet35/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

2.3.2-rasm. Yarim-o‘zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga nisbatan o‘zgarishi


«Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulini qo‘llash va murakkab xa-rajatlar strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer re-jalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash va ushbu ishlab chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o‘zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini o‘zgarmas, qolganini esa o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga ko‘proq vaqt sarflaydigan tahlilchi uchun noodatiy emas.
44

Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan foydalanishda jami daromad va ishlab chiqarish hajmi muhim o‘rin egallaydi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashqari, “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli savdodan olingan jami daromad va ishlab chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o‘z ichiga oladi. Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda ifodalash mumkin.




Jami daromad – pulda ifodalangan jami savdo hajmi. Ishlab chiqarish hajmi – ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot miqdori.


Zararsizlik nuqtasini topish. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab o‘tilgan “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar to‘g‘risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko‘rinishida ifodalashni talab etadi:
ℎ − ( ℎ +

+ ) = (2.3.1)


Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo‘lsak, barcha mahsulot sotilishi mumkin bo‘lgan narx va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan xarajatni ko‘rsatib o‘tish zarur. Chunki “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulida o‘rganiladigan foyda tushunchasi FSTD (foiz va soliqlar to‘languncha daromad) ni bildiradi, biz esa foyda so‘zi o‘rniga ushbu qisqartmani qo‘llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (2.3.1) tenglikda keltirilgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi:



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling