“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
112
OZIQLANISH QIYMATI YUQORI BO'LGAN KO'P KOMPONENTLI UN
ARALASHMALARI
Raxmonov Erkinjon Komil o`g`li TKTI Shahrisabz filiali assistenti
Ibragimov Anvar Qo`chqorovich TKTI Shahrisabz filiali assistenti
Vafoyeva Nazira Ismoil qizi TKTI Shahrisabz filiali assistenti
Respublikamizda dondan tayyorlangan mahsulotlar assortimenti sezilarli darajada kengaydi.
Bugungi kunda inson ratsionida non, makaron va qandolat mahsulotlari, turli xil donlar, shuningdek,
donli mahsulotlarga asoslangan kompozitsion mahsulotlar mavjud. Mahalliy
oziq-ovqat sanoatining
asosiy vazifalaridan biri mamlakat tovar bozorini oziq-ovqat tarkibini muvozanatlash va tartibga
solishga qodir bo'lgan yangi sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'ldirishdan iborat.
Aholining nonni har kuni iste'mol qilishi uni asosiy mahsulot deb hisoblash imkonini beradi, uning
ozuqaviy qiymati eng muhim hisoblanadi. An'anaga ko'ra, aholining ko'pchiligi yuqori sifatli undan
pishirilgan nonni iste'mol qiladi. Mahalliy un tegirmonlarida oliy navli bug'doy
uni ishlab chiqarish
hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri desak adashmagan bo`lamiz[1, 2].
Shu sababli, yuqori sifatli bug'doy unini vitaminlar, minerallar,
muhim aminokislotalar bilan
boyitish vazifasi O`zbekiston aholisining sog'lom oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishga qiziqishi
ortib borayotganidan dalolatdir.
Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanishda mahsulotlarning ozuqaviy qiymatini yaxshilash
uchun har bir o'ziga xos mahsulot turining ozuqaviy va energiya qiymatini maqsadli ravishda
o'zgartirishga va ularga funksional xususiyatlar berishga imkon beradigan turli xil harakat tamoyillariga
ega oziq-ovqat qo'shimchalari qo'llaniladi.
Oliy navli bug'doy unida 72-75% uglevodlar va 10-11% oqsillar mavjud (1-jadval). Grechka va
suli unida protein miqdori 14-15% ni tashkil qiladi. Proteinlar miqdori
va ularning aminokislotalar
tarkibi har qanday mahsulotning ozuqaviy qiymatini aniqlaydi. Bug'doy unining oqsillari asosan
prolaminlar, gliadin va glutelinlar bilan ifodalanadi, bu fraksiyalar suvda erimaydi va shuning uchun
odamlar tomonidan yomon so'riladi.
Tritikale, grechka va arpada boshqa un turlariga nisbatan suvda va
tuzda eriydigan fraksiyalarning yuqori miqdori ( 30-35 % gacha) kuzatiladi[3, 4].
Do'stlaringiz bilan baham: