1.2 Qurilmalarni sinovdan o’tkazish va qabul qilib olish qoidalari
Bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni foydalanishga topshirishda,ya’ni ishlab chiqaruvchi
korhonada tayyor bo’lganidan keyin kimyo korxonalarida yig’ib bo’lgandan so’ng kavshavlangan
choklarning zichligi va pishiqligi, to’g’ri yig’ilganligi, asosiy qism va mexanizmlarning Davlat texnik
nazorati qoidalariga binoan ishonchli ishlashi va germetikligini tekshirib ko’rish uchun ular gidravlik
sinovdan o’tkaziladi. Tayyorlagan korxona qurilmani buyurmachiga uni yig’ish va xavfsiz ishlatish
borasidagi pasport va ko’rsatmalar bilan birga topshiradi. Qurilmaning korpusida uning pasport
ma’lumotlari keltirilgan jadval bo’lishi lozim. Qurilmani yig’ib bo’lgandan so’ng, foydalanishdan
avval, shahar Davlat texnik nazorat idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi va bu haqida uning pasportiga
belgilab qo’yiladi.Bosimostida ishlaydigan har bir qurilmani 3 yilda bir marta ichki tomonlari ko’zdan
kechiriladi, alohida qo’shimcha talablar mavjud bo’lgan hollardan tashqari, kamida har 6 yilda 1 marta
gidravlik sinovdan o’tkaziladi. Qurilmani gidravlik sinovdan o’tkazishda avval, uning tashqi tomonlari
ko’zdan kechiriladi, choklari qasmoqlardan tozalanadi, teshiklarning qopqoqlari yopiladi, kichik quvur
(patrubok)lar berkitiladi.So’ngra qurilmaga havo batamom siqib chiqarilguncha suv quyiladi, sinov
nasosiga ulanadi. Qurilmaga suv kerakli bosimgacha haydaladi va uning devorining qalinligiga qaab,
10-60 min davomida shu bosim ushlab turiladi. Shundan so’ng bosimni sekin-asta ish bosimigacha
tushiriladi, qurilma metall bolg’a bilan taqillatib urib ko’riladi., ko’zdan kechirib chiqiladi. Agar qoldiq
deformatsiyalar, darz ketish belgilari, choklardan, belgilangan zichlangan joylardan suv ketishlar
bo’lmasa, qurilma belgilangan me’yorlarga javob beradi, deb hisoblanadi. Quyma idishlar shuningdek
0,5 Mpa (5kgs\sm
2
)gacha bo’lgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan barcha idishlar p
k
=1,5p
1
Mpa
[d]
20
|(p- ish bosimi; [d]- 20 C harorat va ish bosimida ruxsat etilgan kuchlanish). 0,5 Mpa dan yuqori
bo’lgan bosimda ishlaydigan idishlar 1,25 p
i
[d]
20
\[d], lekin 0,8 Mpa dan kam bo’lmagan bosim ostida
sinaladi. Quyma idishlar ish bosimi qandayligidan qat’i nazar, ularni ishlab chiqaruvchi korxonalardagi
ish bosimidan1,5 marta yuqori bosimda ,kimyo korxonalarida esa 1,25 marta yuqori, lekim 0,2 Mpa
dan kam bo’lmagan bosimda sinovdan o’tkaziladi. Vakum ostida ishlaydigan qurilmalar 0,2 Mpa ichki
ortiqcha bosim ustida sinovdan o’tkaziladi., bosimsiz ishlaydigan idishlar esa suyuqlik quyib
tekshiriladi. Choklar va ulangan joylarning zichligini tekshirish uchun ko’pincha oddiygina “ kerosinli
Do'stlaringiz bilan baham: |