O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
23
Uskunaning ta’mirlashga yaroqliligi deganda, uning buzilib qolishi va ishdan chiqishini oldini 
olish, buzilgan joylarini aniqlash va bartaraf etishga moslashganlik xususiyatlari tushuniladi. Bu 
xarakteristika ta’mirlash uchun qismlarga ajratishning va ta’mirlashning qulayligi va arzonligi, 
buzilgan qismlarni almashtirishning osonligi bilan baholanadi.
Texnologik jihatdan ishonchlilik ishda uzluksizlik va texnologik maromni ushlab turishning 
yengilligi, xizmat ko’rsatuvchi ishchilar sonining kamligi, apparatni texnologik sistemadan uzib 
chiqarish, uni bo’shatish, havo bilan puflab yoki, suv bilan yuvib tozalashni ta’minlovchi nazorat-
o’lchov asboblari (NO’A) va o’rab bog’langan quvurlarni bir-biriga tutatshtirish imkoniyatlari 
mavjudligi bilan tavsiflanadi. Xavfsizlik texnikasi mehnat muhofazasini ta'minlashg’ qaratilgan. 
Qurilma havo kirmaydigan qilib zichlangan bo’lishi, shovqinsiz ishlashi va butun ish davomida 
tebranmasligi, ortiqcha issiqlik o’tkazmasligi, suyuqlik sizib chiqmasligi, uni ishlashi davomida 
sinovlar o’tkazilishini nazorat qilinishi ta’minlanishi lozim.[3] 
Asbob-uskunalarni tashish qulayligi ularni tashiyotgan payta buzilib qolmasligi bilan 
tavsiflanadi. Temir yo’l orqali jo’natishga mo’ljallangan qurilmalar o’lchami va boshqa ko’rsatkichlari 
bo’yicha amaldagi ma’lum tashish me’yorlariga javob berishi kerak. Masalan, diametri ko’pi bilan 3,25 
metr va uzunligi 10,5 metr bo’lgan qurilalarni alohida kelishish shartnomalarsiz temiryo’l orqali 
jo’natish mumkin.Katta o’lchamli qurilmalar yo’l boshqarmalarning mahsus ruxsatnomasiga binoan 
jo’natiladi. O’ta katta o’lchamli qurilmalar qismlarga ajratilib tashiladi va o’rnatiladigan joyning o’zida 
yig’iladi. Asbob-uskunalarning pishiqlik darajasini tavsiflovchi umumiy me’zonlar ularning texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarga uning solishtirma ish unumi, bahosi va undan 
foydalanishga sarflanadigan xarajatlar kiradi. Solishtirma ish unumi qurilmaning 1m

hajmidan yoki 
1kg og’irligidan vaqt birligi ichida olinadigan mahsulot miqdorini ko’rsatadi. Qurilmaning bahosi bir 
paytning o’zida sarflangan kapital mablag’ hajmini aniqlaydi.Ba’zan narxi qimmat, lekin 
takomillashgan jihoz arzon qurilmadan samaraliroq bo’lishi mumkin. Jihozning solishtirma ish unumi 
qancha yuqori bo’lsa, undan foydalanishdagi sarf-harajatlar va mahsulot tannarxi shuncha kam bo’ladi, 
bu esa qurilmaning va butun texnologik jarayonning mukammalik darajasini tavsiflaydi.[4] 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling