O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Quritilgan mevalarning boshqarilmaydigan rejimli omborlarda saqlash muddatlari


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Quritilgan mevalarning boshqarilmaydigan rejimli omborlarda saqlash muddatlari. 
Saqlanayotgan quritilgan mahsulotlarning sifati mikroorganizmlar va zarurkunandalar ta’sirida ham 
buzilishi mumkin. Mahsulotni saqlashda saqlash omboridagi havoning nisbiy namligi ham muhim o‘rin 
tutadi. Quritilgan mevalar o‘ta gigroskopik mahsulot bo‘lganligi sababli, saqlashda havodagi namlikni 
imkoniyat yaralganda o‘ziga tortib oladi va buzilishning boshlanishi uchun zarur namlikga ega 
bo‘lganidan so‘ng ular tarkibida bakteriyalar, achitqilar va mog‘orlarning salbiy faoliyati boshlanadi. 
Shu bilan birgalikda quritilgan mevalar quyosh nuri ta’sirida o‘z rangini o‘zgartirishi mumkinligini 
inobatga olib, mahsulotlar qorong‘i joylarda yoki nur o‘tkazmaydigan idishlarda saqlanadi.
Quritilgan mevalarni saqlash rejimlari ikki parametrlar bilan tavsiflanadi: saqlash omboridagi 
havoning harorati va nisbiy namligi bilan. Saqlash omborlarining o‘zi esa saqlash rejimlarini 
boshqariladigan va boshqarilmaydigan holatlari bilan farqlanadi. Saqlash rejimlari boshqariladigan 
omborlarga esa belgilangan harorat va havoning nisbiy namligini ta’minlab beruvchi uskunalar bilan 
jihozlangan omborlar yoki sovutkichlar kiradi.
Omborlarda harorat va havoning nisbiy namligini nazorat qilish uchun maxsus termometrlar va 
psixometrlardan foydalaniladi. Ular omborning turli joylarida poldan 1,5 metr balanlikda joylashtiriladi 
hamda asboblar ko‘rsatkichi bir kunda ikki marotaba ( soat 800 da va 1700 da) olinib, maxsus jurnalga 
qayd etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. R.Oripov va boshqalar.- Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
texnologiyasi. – Т.: Меhnat. 1991. – 286 b.
2. Bo’riyev X., Jo’rayev R., Alimov O. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va ularga 
dastlabki ishlov berish. Тoshkent, 2002. 154.-b. 
3. 100 kitob to’plami.- Meva-sabzavotlarni saqlashning usullari. “Tasvir” Тоshkent – 2021



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling