O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
89 
TO`GRI OVQATLANISH – SALOMATLIK GAROVIDIR 
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
k.o`q. Sattarov. A. E, k. o`q. Raxmatov N. Sh, bk. Sattorova. K. A. 15-21 gr. 
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Mg. Usmonov. H. MSM 51-21gr. 
To’g’ri ovqatlanish borasida ko’plab nazariyalar mavjud va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar 
paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari go’shtni cheklash kerak desa, boshqa birlari faqat ma’lum bir 
mahsulotlardan iborat taomnoma har qanday kasalliklardan forig’ bo’lish kaliti deyishadi. Aslida inson 
tanasi juda murakkab tizimdir, uning normal ishlashi uchun u ham go’sht, ham sabzavotli taomlarni talab 
qiladi. Shu sababli to’g’ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim sanaladi. Bu borada shubhali 
tavsiyalarga amal qilish salomatlikda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. 
Ovqatlanish madaniyatni deganda meyorida ovqatlanish, yaxshi ovqatlanish, taomning xilma 
xilligi, ovqatlanish tartibi: qachon va qancha yeyish, dasturxonni bezashni bilish demakdir. 
Kishi bir kunda qancha quvvat sarflasa, ovqat yeyish orqali shuncha quvvat oladi. Kishi 
tanasidagi quvvatuning tinch holatida bir soat davomida o`zining bir kilogramm og`irligi tengligida 
quvvat sarflanmaydi. Masalan, og`irligi 60 kilogramm bo`lgan kishi bir soat davomida 60 kilogram
quvvat sarflaydi, yani 60x24=1440 kilo quvvatni 24 soat ichida sarflaydi demakdir. To`g`ri 
ovqatlanish kishiga mustahkam sog`liqni, ishchanlik, tetiklik va go`zallik baxsh etadi. Har bir kishining 
ovqatlanish tartibi uning yakka xususiyatlariga, yoshiga, mehnat faoliyatiga, harakat faolligiga bog`liq 
bo`ladi. Biroq barchamiz ba`zi umumiy tavsiyalarni bajarishimiz loziм. Kuniga to`rt mahal 3-4 soat
vaqt o`tkazib ovqatlanish tanamizning fiziologik talablariga mos keladi, shundan olgan 
mahsulotlardan tanamiz to`la foydalanadi va ovqat yengil hazm bo`ladi. Agar kishi kuniga bir yoki 
ikki mahal tartibsiz, yani rejimsiz ovqatlanadigan bo`lsa, me`da yarasi, o`n ikki barmoqli ichaklarning
kasallanishiga olib keladi. Uzoq vaqt och qolib yurish ham tanaga salbiy tasir qiladi. 
Agar juda to`yib ovqatlanilsa, jigar, oshqozon, me`da faoliyati buzilishiga olib keladi.
Ovqatlanayotgan vaqtda har qanday ishni yig`ishtirib qo`ying, ayniqsa, ko`ngilsiz voqealarni eslamang, 
hech narsa o`qimang. Aks holda ovqat yaxshi hazm bo`lmaydi va dasturxon atrofida o`tirganlarga 
hurmatsizlik hisoblanadi. Ovqatni shoshmasdan chaynab yeyish lozim. Maydalangan ovqat me`daga 
tushib hazm shirasiga yaxshi aralashadi, demak, tanaga yaxshi singadi. To`g`ri ovqatlanish kishi tanasini 
tez qarib qolishini kechiktiradi. Bolalik va o`smirlik yoshlarida to`g`ri ovqatlanish keksalik vaqtida 
ham sog`liqning qay darajada bo`lishiga bog`liq bo`ladi. Har bir kishi uchun ovqatlanish hayotning 
zaruriyati hisoblanib, nafaqat sog`liq uchun, balki insonning tashqi ko`rinishida, qomatining to`g`ri 
bolishiga, teri sog`lom, o`zini yaxshi hisnqilishiga, mehnat qilish ishtiyoqini oshirishga, quvvatli bo`lib 
yurishga va sog`lom hayot tarzida yashashga zamin yaratadi. 
Oziq-ovqat tarkibida vitaminlarning yetarli bo`lishi juda zarur hisoblanadi. Vitaminlar tabiatga
ko`ra xilma xil bo`lgan kimyoviy birikmalar bo`lib, fermentlar, garmonlar va boshqa moddalarning
qurilishi uchun tanamizga ko`p miqdorga kerak bo`lib, normal hayot faoliyatimizni tanimlaydi. 
Vitaminlar tanamizga ovqat bilan tushadi, deyarli barcha mahsulotda vitamin bo`ladi. Ular meva-
sabzavotlarda, o`simlik moyida, tuxum, sut, qatiq mahsulotlarida bo`ladi. 
Quyida asosiy iste`mol qilinadigan mahsulotlar va ularning tanamizdagi quvvat beruvchi 
ko`rsatkichlarni bilib oling. 
t/r 
Mahsulotlar 
Miqdori 
Quvvat 
beruvchi 
kuchi 

Oliy navli bug`doy uni 
100gr 
382 q.kuchi 

1-navli bug`doy uni 
100gr 
199 q.kuchi 

2-navli bug`doy uni 
100gr 
190 q.kuchi 

Guruchda 
100gr 
323 q.kuchi 

Shakarda 
100gr 
374 q.kuchi 

Pista holvasida 
100gr 
510 q.kuchi 

Karamda 
100gr 
29 q.kuchi 

Piyozda 
100gr 
43 q.kuchi 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling