O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
92 
qancha past bo’lsa, suv odam ahlatidagi ichak tayoqchasi bilan shuncha ko’p ifloslangan bo’ladi. 
Koli-indeks deb - 1,0 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soniga aytiladi. Tadqiqotlar shuni 
ko’rsatadiki, agar suv zararsizlantirilgandan keyin koli-indeks uchgacha kamaygan (bunda koli-titr 
300 ml dan yuqori) bo’lsa, unda tif, paratiflar guruhiga kiradigan pathogen mikroblar, leptospiroz 
va tulyaremiya kasalliklarining qo’zg’atuvchilari butunlay nobud bo’ladi. Vodoprovod suvining 
sifati yuqoridagi taxminlar asosida ishlab chiqilgan standart ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi. 1,0 
ml vodoprovod suvidagi saprofit bakteriyalar soni ko’pi bilan 100 ta bo’lishi, koli-titr 300 ml dan 
kam bo’lmasligi yoki koli-indeks 3 dan yuqori bo’lmasligi kerak. Koli-indeks quyidagicha 
hisoblanadi: tahlil qilingan suv hajmida o'sgan Escherichia coli guruhining bakteriyalari soni 1000 sm
3
ga ko'paytiriladi va shu suv hajmiga bo'linadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ichimlik suvini mikrobiologik ko’rsatkichlarini tadqiq etish 
ijtimoiy hayotning ma’lum bir jihatlarini hamda mintaqaviy populyatsiyasining shakllanishida suvning 
ahamiyatli darajada bog’liqligini isbotlaydi. Sababi qadimdan epidemiologik barqarorlikni buzilishiga 
olib kelayotgan mikroorganizmlarning ko’pchiligi, ayniqsa, pathogen mikroorganizmlar suvda ko’paya 
oladi va eng muhimi barcha tirik organizmlar, shu jumladan, odamlar ham diomiy ravishda suvga ehtiyoj 
sezadi. Va o’z-o’zidan tabiiy tanlanishda mikroorganizmlar hamda odamlar o’rtasida kurash yuzaga 
ketadi. Suvni tahlil qilish va unga sanitar xulosa berishdan maqsad ham shunda. Chunki suvga ehtiyoj 
bor ekan demak, biz insonlar o’z populyatsiyamizni saqlab qolishda suv orqali yuqadigan infeksiyalarni 
vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish uchun ma’lum bir tayyorgarlikni talab etadi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling