O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. Иноғомова М. “Микробиология ва вирусология асослари “Тошкент, 1989. 204 - bet  
2. Фёдров В.В “ Микробиология “Тошкент, 1984. 58 - bet
3. Саломов Т.Ф,Саломов Ш.Ш “Mикробиология асослари “Тошкент,“Мехнат” 2002. 9- 19 b 
4. Авраменко И.Ф. “Микробиология” Москва “колос” 1979, 175 - bet 
5. Генкель П.А. “Физиология растений сосновами микробиология” Москва 1965, 62 – 133 с 
6. Генкель П.А. “Микробиолоия с основами вирусолоии” Москва, 1974. 269 - стр 
7. Германов Н.И. “Микробиология” Москва, 1989, 225 - стр
8. Промышенная микробиология “Москва, “Высщая школа” 1989, 405 - стр 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
132 
KOVUL O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI TADQIQI 
Xolmurodov Bahodir Bahrom o`g`li TKTI Shahrisabz filiali kata o’qituvchisi 
Soliyev Abdurahmon Dolimboy o’g’li TKTI Shahrisabz filiali talabasi 
 
KOVUL, kovar (Capparis spinosa L.) — kovuldoshlar oilasiga 
mansub yarim buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli 
yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, koʻp urugʻli. 
Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta dengizning 
toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Jan. Yevropada ekiladi. Kovulning 
gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga solinadi. Mevasida 
18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor[2]. 
Kovul yoki kavar o‘simligi tabiiy holda O‘rtayer dengizi, 
Yevropa janubida, Kavkazda, O‘rta Osiyoda, shu jumladan, 
O‘zbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu o‘simlik 
Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy 
Amerikada madaniylashtirilgan bo‘lib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi. O‘simlikning nomi 
Erondagi Dashti-Kavir cho‘li bilan bog‘liq holda atalgan. Chunki kovul bu hududlarda eng ko‘p 
uchraydigan o‘simlik sifatida ajralib turadi. 
Kovul dorivor o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda oziq-ovqatda ham ishlatiladi. Kovulning 
g‘unchali novdalari, g‘unchalari, rivojlanayotgan mevalari sirka kislotasida marinovat qilinadi hamda 
oziq-ovqatda «kaperslar» nomi bilan mashhur dori-darmon ko‘rinishida foydalaniladi. Hindular 
kovulni kobra, kabra yoki kabarra nomlari bilan atashadi hamda o‘simlik organlari qo‘shib 
tayyorlangan oziq-ovqatlarni yoqtirib iste’mol qilishadi. 
Tabobatda pishgan mevasi, barglari, novda va ildiz po‘stlog‘i ishlatiladi. 
May-avgust oylarida ochilmagan g‘unchalari, barglari terib olinadi. Shu bilan birga yosh
yog‘ochlasha boshlagan novdalari va ildizining po‘stlog‘i shilib olinadi, maydalanadi hamda 
quyoshda yoki 50-60ºC haroratda quritiladi[1]. 
Kovulning asosiy iqtisodiy ahamiyati, odatda, bozorda "kaper" yoki "kaper berry" nomi bilan 
mashhur bo'lgan gul kurtaklari bilan muomala qilishdadir, ular xalqaro miqyosda katta savdo 
mavzusidir. Global kovul ishlab chiqarish yiliga 6% o'sish sur'ati bilan asta-sekin oshdi. AQSH va 60 
ga yaqin mamlakatlar eng muhim isteʼmolchi hisoblanadi. Bolqon mintaqasida kovul ishlab 
chiqarishning umumiy xarajatlari uning AQSh bozorlarida sotish narxining 10% dan kamrog'ini 
tashkil qiladi. Tunisda bu tur, ayniqsa Shimoliy mamlakatdagi qishloq fermerlari uchun yuqori 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Xitoyliklar bu bitta turdan yiliga 3 million AQSh dollari foyda 
oladi[3]. 
Mamlakatimizning ayrim hududlarida ham, jumladan, Namangan viloyatida o‘sadigan kovul 
bargi, mevasi va tomir po‘sti tabobatda qo‘llaniladi. Turli shishlarni davolash, nafas qisishi, taloq 
qotishi, qurtlarni haydash, poliartrit, bo‘qoq kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Viloyatning 3 
ming gektardan ziyod maydonida ushbu o‘simlik ekilgan. Kam xarajat va oz mehnat talab qiladigan 
bu o‘simlikdan yiliga to‘rt marta hosil olish mumkin. 
Prezident kovul yetishtirish bo`yicha ilmiy asoslarni ishlab chiqish, eksport qilish mexanizmini 
yaratish, viloyatda kovulchilikni rivojlantirish bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etish yuzasidan 
mutasaddilarga tegishli topshiriqlar ham bergan[8]. 
Kovul bir nechta tadqiqotlarn natijasida qayt etilishicha, fenolik birikmalar va flavonoidlarga 
boy o’simlik hisoblandi. Bunday ikkilamchi metabolitlar odatda issiqlikka bardoshlilik bilan bog'liq 
bo'lgan abiotik stress reaktsiyalarida rol o'ynaydi. Misol uchun, Hindistonning turli joylaridan olingan 
metanol ekstraktida jami fenolik moddalar 21,42 dan 27,62 mg galik kislota ekvivalenti (GKE) / g 
quruq vaznni tashkil etarkan. Tunisdan olingan kovul barglarining suvli ekstrakti 33,55 mg GKE/g 
jami fenolik moddalarni qayd etdi va kurtaklarning suvli ekstraktlarida 67,29 mg GKE/g, jami 
fenollarning 427,27 mg GKE/g miqdori esa barglarning gidroetanol ekstraktida invetro tadqiqotlar 
natijasida aniqlandi. Eronda ildizlari va mevalarining suvli ekstraktlari mos ravishda 15,4 va 17,2 mg 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling