“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
228
FUNKSIONAL SUT MAHSULOTLARIDA PROBIOTIKLAR.
Sultanova Munisabonu TKTI Shahrisabza filiali talabasi
Ibragimov Anvar Qo’chqorovich TKTI Shahrisabz filiali assistenti
Uzoqova Shirin Ibrohimovna TKTI Shahrisabz filiali assistenti
Hozirda immunitetni yaxshilaydigan turli xil oziq -ovqat mahsulotlariga talab yuqori. Funksional
oziq-ovqat mahsulotlari immunitetni kuchaytirishi yoki mustahkamlashi orqali sogʻligimizga ijobiy taʼsir
etadi. Bu esa infeksiyaga qarshi, allergiya va yalligʻlanishni kabi kasalliklarning oldini olishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Masalan, probiotiklar va prebiotiklar, funksional sut mahsulotlari ishlab chiqarishga
qiziqish jigar kasalliklari, saraton, diabet va yurak qon tomir kasalliklari kabi surunkali sogʻliq
muammolariga qarshi kurashish vositasi sifatida tobora ortib bormoqda[1].
Sutning biologik va ozuqalik qimmati. Sut biologik jihatdan juda qimmatli mahsulot. Sutning
oziqlik va biologik qimmati shundaki, tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, yogʻda eriydigan vitaminlar,
mineral tuzlarni organizm oʻzlashtiradigan shaklda tutadi. Sut oqsillari hazm fermentlari taʼsiriga oson
beriladi, kazein hazm jarayonida glikopolimakropeptid hosil qiladi va boshqa oziq moddalarining yaxshiroq
singishiga yordam beradi. Tarkibida lizin (100g sutda 261 mg), leytsin (100g sutda 324g) ancha koʻp
boʻlganidan metionin kam. Bu oʻsayotgan organizm uchun yetarli hisoblanadi. Sut tarkibida 3 tur oqsil bor:
kazein (kazeinogen), laktoalbumin va laktoglobulin, bundan tashqari, ozroq miqdorda yogʻ zarrachalarini
oʻrab turuvchi oqsil boʻladi. Sutdagi asosiy oqsil kazein hisoblanadi, uning miqdori 2,7%ni, laktoalbumin
0,4%ni, laktoglobulin esa 0,2%ni tashkil etadi. Bular qimmatli oqsillar boʻlib, organizmda umumiy oqsillar
muvozanatini toʻgʻirlab turishda muhim oʻrin tutadi. Sut tarkibida kam miqdorda boʻlsa ham barcha
vitaminlar bor. Sutda asosan fosfataza, leroksidaza, refuktaza, amilaza, lipaza va katalaza fermentlari, oz
miqdorda boʻlsa-da gormonlar va immunitet hosil qiluvchi birikmalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |