“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
229
tayoqchasi tomizgʻisidan foydalaniladi. Aralsh bijgʻish yoʻli bilan olinadigan mahsulotlar kefir va qimizdir.
Kefir tarkibida alkogol boʻlib, kuchsiz kefirda 0,2%, oʻrtacha 0,4, kuchli kefirda 0,6% alkogol boʻladi.
Qimiz odamni quvvatga kirgizib, ovqat hazmini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Surunkali
bronxit, oʻpka sili va anatsid-gastritlarda foydali. Yogʻsiz kefir ichni yumshatish xossasiga ega. Funksional
sut mahsulotlari ishlab chiqarish inson salomatligi yanada mustahkamlab boradi[2].
Probiotiklar.
Probiotiklarni isteʼmol qilishdan maqsad ularning foydalilarini ichak mikroblari bilan simbiotik yoki
komensal ravishda yaxshilashdan iboratdir. Probiotiklar tirik mikro organizmlar boʻlib, ular yetarli
miqdorda mavjud boʻlganda organizmning sogʻlom boʻlishida koʻmaklashishi mumkin. Probiotiklarning
foydalaridan biri sifatida ularning oshqozon ichak traktiga yopishib olishidir. Buning natijasida ichak
yurishi orqali turli infeksiyalar yuqib ketmasligi va butun imun tizimini himoyalash mumkin boʻladi.
Probiotiklar tirik mikro organizmlar boʻlib, ichak va butun organizmga ijobiy taʼsir etadi. Ularni
bazan mikroorganizmlar tutuvchi biologik faol qoʻshimchalar deb ataladi. Probiotiklarning foydasi haqida
birinchilardan boʻlib, rus olimi Ilya Mechnikov oʻrgangan boʻlib, uni ovqatida muntazam ravishda yogurt
isteʼmol qiluvuchi dehqonlarning uzoq hayot kechirishi qiziqtirgan. Ushbu olim sut kislota hosil qiladigan
bakteriyalar, chirituvchi bakteriya- lar rivojlanishini tormizlashini aniqlagan. Shunga asoslanib Mechnikov
ichaklarni sogʻlomlashtirish maqsadida sut kislotali bakteriyalardan foydalanish mumkinligini tavsiya
etgan[3]. Probiotik termini esa keyinchalik 1980 yillar oxirida paydo boʻlgan.
Sut va sut mahsulotlarida probiotik bakteriyalar mahsulotning funksional holatini yaxshilovchi
hamda istemolchining medik va toksikologik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuchi bakteriyalar
hisoblanadi[4].
Do'stlaringiz bilan baham: |