O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet236/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
229 
tayoqchasi tomizgʻisidan foydalaniladi. Aralsh bijgʻish yoʻli bilan olinadigan mahsulotlar kefir va qimizdir. 
Kefir tarkibida alkogol boʻlib, kuchsiz kefirda 0,2%, oʻrtacha 0,4, kuchli kefirda 0,6% alkogol boʻladi. 
Qimiz odamni quvvatga kirgizib, ovqat hazmini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Surunkali 
bronxit, oʻpka sili va anatsid-gastritlarda foydali. Yogʻsiz kefir ichni yumshatish xossasiga ega. Funksional 
sut mahsulotlari ishlab chiqarish inson salomatligi yanada mustahkamlab boradi[2]. 
Probiotiklar.  
Probiotiklarni isteʼmol qilishdan maqsad ularning foydalilarini ichak mikroblari bilan simbiotik yoki 
komensal ravishda yaxshilashdan iboratdir. Probiotiklar tirik mikro organizmlar boʻlib, ular yetarli 
miqdorda mavjud boʻlganda organizmning sogʻlom boʻlishida koʻmaklashishi mumkin. Probiotiklarning 
foydalaridan biri sifatida ularning oshqozon ichak traktiga yopishib olishidir. Buning natijasida ichak 
yurishi orqali turli infeksiyalar yuqib ketmasligi va butun imun tizimini himoyalash mumkin boʻladi. 
Probiotiklar tirik mikro organizmlar boʻlib, ichak va butun organizmga ijobiy taʼsir etadi. Ularni 
bazan mikroorganizmlar tutuvchi biologik faol qoʻshimchalar deb ataladi. Probiotiklarning foydasi haqida 
birinchilardan boʻlib, rus olimi Ilya Mechnikov oʻrgangan boʻlib, uni ovqatida muntazam ravishda yogurt 
isteʼmol qiluvuchi dehqonlarning uzoq hayot kechirishi qiziqtirgan. Ushbu olim sut kislota hosil qiladigan 
bakteriyalar, chirituvchi bakteriya- lar rivojlanishini tormizlashini aniqlagan. Shunga asoslanib Mechnikov 
ichaklarni sogʻlomlashtirish maqsadida sut kislotali bakteriyalardan foydalanish mumkinligini tavsiya 
etgan[3]. Probiotik termini esa keyinchalik 1980 yillar oxirida paydo boʻlgan. 
Sut va sut mahsulotlarida probiotik bakteriyalar mahsulotning funksional holatini yaxshilovchi 
hamda istemolchining medik va toksikologik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatuchi bakteriyalar 
hisoblanadi[4]. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling