O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 227 A E B 1 B 3 B 6 B 9 B 5 fosf or temir magniy mis rux ka li y ka lsi y yod mar ga ne s tol alar oqsi ll ar Yog’ kisl ota lar Bug'doy qobig'i tarkibi • A, B, E vitaminlari immunitetni oshiradi, ko'rishni yaxshilaydi, tirnoqlarning, terining, sochning holatini yaxshilaydi. • Temir – qon hujayralari sintezidagi faol ishtirokchidir. • Rux – shifobaxsh bo’lib yaralarda yordam beradi, sochlar, tirnoqlar va terining holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. • Mis - oddiy qon hosil qilish uchun zarur, kollagen va gemoglobin hosil qiladi. • Selen - organizmni radikallardan himoya qiladi.[2] Yoqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki bug’doyning asosiy foydali moddalari, uning kepagida mavjud ekan. Un tayyorlash jarayonida kepak batamom ajratib olinadi va u oq un tarkibida bo’lmaydi. Oq undan tayyorlangan non va turli mahsulotlar organizmda hazm bo’lish jarayonida qondagi kalsiy, magniy, natriy kabi minerallar bilan birikadi va so’ng hazm bo’ladi. Natijada ko’p miqdorda ist’emol qilingan un mahsulotlari qondagi kaltsiy miqdorini kamayishiga, suyak, asab, yurak, qon tomir va boshqa turli kasalliklarni rivojlanishiga olib keladi. Ko’rsatib o’tilgan kasalliklar hozirda kishilik jamiyatini bezovta qilayotgani bizga ma’lum. Hazm jarayoniga kerak bo’lgan minerallar aynan bug’doy kepagida jamlangan. Agar bug’doyni kepagidan ajratmagan holda undan olingan tayyorlangan nonlarni ko’proq sotuvga chiqarsak, aholini bezovta qilayotgan yuqumli bo'lmagan kasalliklarni oddiygina kepakli non yordamida bartaraf qilishga yordam qilgan bo’lar edik. To’g’ri hozirda kepakli qora nonlar sotuvda bor, lekin kamligi sababli, xalqimizning dasturxonini to’liq qamrab ololmaydi. Un ishlab chiqarish korxonalarida un tayyorlash jarayonida bug’doy yaxshilab yuviladi, quritiladi va pustidan ajratiladi, minerallarning ko’pchiligi kepak bilan chiqib ketadi. Mana shu jarayonda bu’g’doyni yuvib quritilgach, pustidan ajratmasdan yanchilsa, oqsillar bilan, yod bilan boyitilgan holda kundalik ist’emol qilinadigan nonlarimizga qo’shilsa edi, xalqimizni ham parhezbop, ham mineral va vitaminlarga boy bo’lgan nonlardan ko’proq iste’mol qilishlariga yordam qilgan bo’lar edik. To’g’ri hozirda dorixonalarda boyitilgan bug’doy kepagi ko’plab topiladi, ammo xalqimiz qachonki sog’liklari yomonlashib qabziyatlardan qiynalgan paytlardagina dorixonalardagi bug’doy kepagiga muroojat qilishadi, bu esa kerakli miqdorni bera olmaydi. Natijada kunlik ozuqaning o’zi organizmda kalsiy yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Kalsiy yetishmovchiligining bugungi kunda eng ko’p tarqalgan belgilari umurtqa churralari, qabziyat, ko’p terlash hisoblanadi. Bug’doy unini kepagidan ajratmagan holda un tayyorlashning afzalliklari; 1. Un tayyorlashda energiya tejaladi. 2. Kepakli unlarga qo’shiladigan xamirturush miqdori ham kamroq bo’ladi. 3. Xamir tayyorlash jarayoni birmuncha tez bo’ladi. 4. Non tayyorlanishga sarflanadigan energiya miqdori sezilarli darajada kam bo’ladi,ya’ni kepakli nonlar tez pishadi. 5. Mahalliy unlarimizdan non tayyorlashda ko’plab miqdorda foydalanish imkonini beradi. 6. Xalqimizning minerallarga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. 7. Kalsiy yetishmovchiligining kamayishiga yordam bo’ladi. Yoqoridagilardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kunlik ozuqa ratsioniga oddiygina o’zgarish bilan xalqimizni qiynayotgan ko’pgina kasalliklarni oldini olish mumkin ekan. Adabiyotlar 1. htpp://www.biznes-daily.uz 2. htpp://www.ru.wikipediya.org.2.ziyonet.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling