O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet245/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
236 
GLYUTENSIZ DON UNI ASOSIDA NON MAHSULOTLARINI BOYITISH 
Kurayazov Zaripbay Ramatovich
1
, Yuldasheva Intizor Ergashovna

1
Assistant teacher, Urgench State University, Urgench 
2
BA, Urgench State University, Urgench 
Annotatsiya: Jo’xori qurg’oqchilik va issiqlik muhitiga chidamliligi tufayli oziq-ovqat 
xavfsizligi uchun glyutensiz don hisoblanadi. Jo’xori donlari non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida 
inson iste’moli uchun qo’llaniladi. Biz non mahsulotini jo’xori uni bilan boyitish orqali uni yanada 
foydali bo’lishini amalda tajriba asosida ko’rib chiqdik. Unning sifati va qabul qilinadigan un o’lchami 
standartlariga rioya qilish sifatli non ishlab chiqarish uchun muhimdir. Jo’xori donining kelib chiqishi, 
kimyoviy tarkibi va non komponenti sifatida foydalanish mumkinligi haqidagi tajribalar ushbu 
maqolada ko’rib chiqildi. 
Kalit so’zlar: Jo’xori, jo’xori uni, glyuten, boyitilgan non. 
Kirish: Jo’xori(sorgo) bug’doy, guruch, makkajo’xori va arpadan keyin dunyoda 5-o’rinda 
turadi. Jo’xori asrlar davomida Osiyo va Afrikaning yarim qurg’oqchil tropiklarida muhim oziq-ovqat 
mahsulotidir. Jo’xori Afrikada paydo bo’lgan va miloddan avvalgi 8000-yillarda Efiopiyada va 
Sudanda xonakilashtirilgan. Uning oq, qora (to’q qizil), sarg’ish turlari mavjud. Jo’xori Afrika, Osiyo
va Markaziy Amerikada aholi zichligi yuqori bo’lgan ko’plab mamlakatlarda iste’mol qilinadigan
an’anaviy oziq-ovqat mahsulotidir. Shu o’rinda jo’xori uni ham alohida ahamiyatga ega. 
Jo’xori uni tarkibida glyuten yo’q. Undan botqa tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari uni
solodli yoki fermentlangan ichimlikka aylantirish ham mumkin. Jo’xori donidan spirt va kraxmal
olinadi. Qandli navlarining poyasidan shinni (qiyom) ishlab chiqarish mumkin. Lekin uni shakarga 
aylantirib bo’lmaydi chunki uning tarkibida kristallanish uchun zarur bo’lgan saxaroza yetarli emas.
Asosiy qism: Bug'doy unidan tayyorlangan pishirilgan mahsulotlar keng iste'mol qilinadi. Ular 
orasida non butun dunyoda muhim o'rin tutadi. Non mahsulotlarini foydaliligini oshirish uchun uni arpa 
va javdar unidan tashqari jo’xori uni bilan ham boyitish mumkin. Odamlar uchun jo'xori xavfsizligi 
to'g'risida qarama-qarshi ma'lumotlar mavjud. Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bemorlarning 99% 
dan ortig'i jo'xori uni xavfsiz va hazm qilishning yengilligi haqida ma’lumotlarni berishdi.
Jo’xori donining 100 grammida 339 kkal mavjud. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling