O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


 Qurilmalarni sinovdan o’tkazish va qabul qilib olish qoidalari


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

1.2 Qurilmalarni sinovdan o’tkazish va qabul qilib olish qoidalari 
Bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni foydalanishga topshirishda,ya’ni ishlab chiqaruvchi 
korhonada tayyor bo’lganidan keyin kimyo korxonalarida yig’ib bo’lgandan so’ng kavshavlangan 
choklarning zichligi va pishiqligi, to’g’ri yig’ilganligi, asosiy qism va mexanizmlarning Davlat texnik 
nazorati qoidalariga binoan ishonchli ishlashi va germetikligini tekshirib ko’rish uchun ular gidravlik 
sinovdan o’tkaziladi. Tayyorlagan korxona qurilmani buyurmachiga uni yig’ish va xavfsiz ishlatish 
borasidagi pasport va ko’rsatmalar bilan birga topshiradi. Qurilmaning korpusida uning pasport 
ma’lumotlari keltirilgan jadval bo’lishi lozim. Qurilmani yig’ib bo’lgandan so’ng, foydalanishdan 
avval, shahar Davlat texnik nazorat idoralarida ro’yxatdan o’tkaziladi va bu haqida uning pasportiga 
belgilab qo’yiladi.Bosimostida ishlaydigan har bir qurilmani 3 yilda bir marta ichki tomonlari ko’zdan 
kechiriladi, alohida qo’shimcha talablar mavjud bo’lgan hollardan tashqari, kamida har 6 yilda 1 marta 
gidravlik sinovdan o’tkaziladi. Qurilmani gidravlik sinovdan o’tkazishda avval, uning tashqi tomonlari 
ko’zdan kechiriladi, choklari qasmoqlardan tozalanadi, teshiklarning qopqoqlari yopiladi, kichik quvur 
(patrubok)lar berkitiladi.So’ngra qurilmaga havo batamom siqib chiqarilguncha suv quyiladi, sinov 
nasosiga ulanadi. Qurilmaga suv kerakli bosimgacha haydaladi va uning devorining qalinligiga qaab, 
10-60 min davomida shu bosim ushlab turiladi. Shundan so’ng bosimni sekin-asta ish bosimigacha 
tushiriladi, qurilma metall bolg’a bilan taqillatib urib ko’riladi., ko’zdan kechirib chiqiladi. Agar qoldiq 
deformatsiyalar, darz ketish belgilari, choklardan, belgilangan zichlangan joylardan suv ketishlar 
bo’lmasa, qurilma belgilangan me’yorlarga javob beradi, deb hisoblanadi. Quyma idishlar shuningdek 
0,5 Mpa (5kgs\sm

)gacha bo’lgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan barcha idishlar p
k
=1,5p

Mpa 
[d]
20
|(p- ish bosimi; [d]- 20 C harorat va ish bosimida ruxsat etilgan kuchlanish). 0,5 Mpa dan yuqori 
bo’lgan bosimda ishlaydigan idishlar 1,25 p

[d]
20 
\[d], lekin 0,8 Mpa dan kam bo’lmagan bosim ostida 
sinaladi. Quyma idishlar ish bosimi qandayligidan qat’i nazar, ularni ishlab chiqaruvchi korxonalardagi 
ish bosimidan1,5 marta yuqori bosimda ,kimyo korxonalarida esa 1,25 marta yuqori, lekim 0,2 Mpa 
dan kam bo’lmagan bosimda sinovdan o’tkaziladi. Vakum ostida ishlaydigan qurilmalar 0,2 Mpa ichki 
ortiqcha bosim ustida sinovdan o’tkaziladi., bosimsiz ishlaydigan idishlar esa suyuqlik quyib 
tekshiriladi. Choklar va ulangan joylarning zichligini tekshirish uchun ko’pincha oddiygina “ kerosinli 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling