Key words: equipment i.e. equipment, sealing, casting vessels, constructors, initiative.
1.1 Kimyo sanoati jihozlariga qo’yiladigan umumiy talablar- Kimyo sanoatida ishlatiladigan
jihozlar nihoyatda pishiq va chidamli bo’lishi lozim. Asbob uskunalarning mustahkamligi uning uziq
vaqt xizmat qilishi va xavfsiz ishlashiga qo’yiladigan talablar bilan uzviy bog’liq. Ayrim asbob-
uskunalar uchun asosiy talab, mustahkamligi emas balki, uning bikirligi hisobga olinadi. Masalan,
bikirlikka qo’yiladigan talablarga binoan,tashqi bosim ostida ishlaydigan slindr shaklidagi ustki
korpuslar (обечайкаларни) katta o’lchamli turli qoplamalar bilan o’raladigan (futerovka qilinadigan)
idishlar va asbob-uskunalar devorlarining bikirligi hisoblanadi.[1]
Asbob-uskunaning uzoq muddat xizmat qilishi uning muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi.
Qurilmalarning ko’p turi uchun xizmat muddati 10-12 yil qilib belgilanadi va bu muddat amortizatsiya
uchun mablag’ ajratilayotganda inobatga olinadi. Asbob-uskunalarning haqiqiy hizmat muddati esa (2
xil xizmat ko’rsatish muddati), odatda bu ko’rsatkichlardan ancha yuqori bo’ladi.Bu jihozlarning
muddati ko’p omillar korroziya va erroziyadan yemirilishiga bog’liq. Jihozning hozirgi paytda
konstruktorlar ayrim jihozlarning muddatini 6 yil qilib belgilamoqdalar.
Jihozlarning germetikligi ayniqsa, zaharli, o’yuvchi, yong’in va portlashdan xavfli moddalarni
qayta ishlovchi asbob-uskunalar uchun texnika xavfsizligi, sanoat ekologiyasi, mehnat muhofazasi
nuqta’i nazaridan qo’yiladigan muhim talabdir. Biologik sistemaga uning tuzilishi va funksiyasini
sabab bo’ladigan moddalar tushishini,ya’ni ularning atrof-muhitga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
Xomashyo va mahsulotlarning isrof bo’lishining oldini olish uchun germetik zichlanmagan
qurilmalarni foydalanishga topshirish mumkin emas.[2]
Jihozlarning pishiqligi ular tuzilishining odiyligi, o’lchamlarining kichikligi, yengilligi, kamyob
materiallarning oz sarflanishi, foydali harakat koeffitsientining yuqoriligi bilan aniqlanadi. Pishiqlik
qurilmaning texnologik jihatdan kirishimliligini va foydalanishda afzalligini ta’minlashi zarur.
Texnologiyada kirishimlilik deganda, qurilma shaklining oddiyligi, arzonligi, uni yasash, yig’ish va
tiklashning oson va qulayligi tushuniladi.
Jihozning foydalanishda afzalligi deganda, uning ta’mirlashga yaroqliligi, texnologik jihatdan
ishonchliligi, jarayonning xavfsiz kechishi, transportda tashish va foydalanishda qulayligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |