O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Alohida kapital manbalari qiymati


Download 0.77 Mb.
bet105/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

6.1. Alohida kapital manbalari qiymati
Aktiv (o‘z egalari uchun obligatsiyalar, aksiyalar va h.k. hisoblanadi) ushbu aktivlarga egalikdan kelgusi pul to‘lovlari qiymatiga teng, bunday pul to‘lovlaridan har biri muddatlariga va tavakkalchiligiga muvofiq stavka bo‘yicha diskontlangan joriy qiymatga ega, ya‘ni:
*0 =ECn /(1 + r)n, (6.1)
bunda, C - aktivdan pul oqimi, r - daromadlilik me'yori, n esa - har bir pul oqimi paydo bo‘lish muddati. Kreditor yoki aksiyador uchun har qanday belgilangan vaqt paytida kelgusi pul oqimlari foizlar yoki dividendlar bo‘yicha (har yili, yilda ikki marta yoki ehtimol yilning har choragida to‘lanadigan) kelgusi tushimlarni va kelgusida qandaydir muayyan sanada balki asosiy summa (qarz) to‘lovini o‘z ichiga oladi.
Mantiqiy jihatdan investorlar uchun daromadlilik taalluqli kompaniya uchun xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, umumiy holatda tasdiqlashimiz mumkinki, ya‘ni:
Po = ECn /(1 + k)n, (6.2)
bunda, k - kompaniya kapitali qiymati, p0 esa - qimmatli qog‘ozning joriy bozor qiymati.
Obligatsiyalar
London fond birjasi listingidan o‘tgan obligatsiyalarga kelsak, obligatsiyalarning joriy bozor qiymatini, shartnomaga muvofiq foiz to‘lovlari miqdori va muddatlarini, shuningdek, asosiy qarz summasi to‘lovi miqdori va muddatini bilishimiz kerak. Xususan, yuqorida qayd etilgan hisob-kitoblarda k dan tashqari barcha shartlarni bilishimiz kerak. Bizga k ni topish kapital narxini ifodalaydigan kerakli sonni beradi.


    1. misol

Dastlab 100 f. st. nominali bo‘yicha chiqarilgan obligatsiya hozirgi vaqtda kapital bozorida 93 f. st. qiymatiga ega, nominal narxi roppa-rosa besh yildan keyin to‘liq to‘lanishi kerak, nominal narxining 10%ini tashkil etadigan foiz esa keyingi besh yilning har yili oxirida to‘lanishi kerak. Obligatsiya narxi qancha?


Faraz qilaylik, korporatsiyaning daromad solig‘i 30% ni tashkil etadi.
Masala yechimi
Soliqlar to‘langandan so‘ng pul oqimlarini diskontlash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan stavkani chiqarishga urinayotganligimiz tufayli soliqlar chegirib qolingan kapital qiymatini topishimiz kerak. Obligatsiyalar bo‘yicha foiz soliq solinadigan bazani pasaytiradi, biroq asosiy qarz summasi to‘lovlari soliq imtiyozlariga tegishli bo‘lmaydi.
Quyidagi tasdiq adolatlidir:
93 _ 10(1 - 0,30) 10(1 - 0,30) 10(1 - 0,30) 10(1 - 0,30) 10(1 - 0,30) 10(1 - 0,30)
■ (1+k) + (1+k)2 + (1+k )3 + (1+k )4 + (1+k)5 + (1+k)5 ,
bunda, kL - soliqlar to‘lovidan so‘ng obligatsiya qiymati.
kL ga nisbatan tenglamani yechish orqali kapital qiymatini ifodalaydigan miqdorni hosil qilamiz. Biz ilgari potensial investitsiya loyihalari daromadlilik ichki me‘yorini topishda bunday vaziyatga duch kelganmiz. kL, albatta, IRR obligatsiyalarini ifodalaydi va taalluqli ravishda, sinovlar va xatolar usuli bilan hal qilish mumkin. Hozirda aksiya nominal narxdan 7 f. st. pastroq (93 f. st. bo‘yicha) baholanayotganligi tufayli, faraz qilaylik, stavka 10% dan pastroq.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling