O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Nima sababli kompaniyalar xalqaro maqomga ega bo„ladi?


Download 0.77 Mb.
bet180/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Nima sababli kompaniyalar xalqaro maqomga ega bo„ladi?
Aksariyat kompaniyalar aksiyadorlar farovonligini oshirish va korporativ maqsadlariga erishish uchun o‘z bizneslarini xalqaro miqyosda kengaytirishi mumkin.
Import va eksport
Ko‘pgina kompaniyalar chet eldagi ayrim xomashyo va materiallarni, shu jumladan, arzonroq narxda sotib olish imkoniga ega bo‘lmagan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqara olmaydilar. Misol uchun, Cadbury Schweppes plc kakaoni import qilmasa Buyuk Britaniyada shokolad ishlab chiqara olmaydi. Eksport qiluvchi korxonalarga katta bozorlarda o‘z mahsulotlarini sotishlari va katta bozorlarni egallashlariga imkon beradi.
Agar ichki bozor kompaniyaning mahsulotlari bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, daromadlarini oshirishning yagona yo‘li tashqi bozorlarga kirib borishdir. Ehtimol, kompaniyaning ichki bozorda o‘z mahsulotini kengaytirish va mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari bor, ammo kompaniya yuqori daromad keltiradigan tashqi bozorlarni tanlaydi.
Tashqi investitsiyalar
Xorijdagi korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashqi bozorlarga va hatto ichki bozorga tovarlar va xizmatlarni yetkazib berishni pasaytirishi mumkin. Ko‘pgina kompaniyalar Buyuk Britaniyadan tashqarida buyurtma berish markazlariga ega (ko‘pincha Hindistonda), bu xizmatlardan Buyuk Britaniyada yashovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Shubhasiz, bozorga yaqin joylarda ishlab chiqarishni tashkil etish tashish, transport xarajatlarini qisqartiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari chet elda ishlab chiqarishni tashkil qilishdan past bo‘lishi mumkin, shuning uchun u yerda mahsulot ishlab chiqarish arzon, keyin esa ularni mamlakatning ichki bozoriga eksport qilish mumkin. Mahsulotni sotish mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilish shu yoki boshqa bozorlarga kirib borishning yagona daromadli usuli bo‘lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada yapon avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali yapon kompaniyalari Yaponiyada ishlab chiqarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini kamaytirmadi. Avtomobillar Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan birida ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, kompaniyalar EI ning har qanday joyida o‘z mashinalarini sotishga harakat qilganda jiddiy tarif to‘siqlariga duch keladilar. Bundan tashqari, EI fuqarolari Yevropada ishlab chiqarilgan avtomobillarni xarid qilish ehtimoli ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling