O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet208/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Moliyalashtirish manbalari


Mln f.st


Moliyaviy mablag'lardan foydalanish


Mln f.st


Har birining narxi 1 funt bo'lgan oddiy aksiyalar


8


Aylanishdan tashqari aktivlar


11


Taqsimlanmagan foyda


7


Ishchi kapital


10


Umumiy aksiyalar soni


15






Uzoq muddatli kreditlar


6







Bajarish:
agar p E -E Ltd bitta aksiyasining qiymati bo‘lsa, bunda:
pE =(11 + 10 - 6)/8 = 1,875 f st.
12.3-misolda keltirilgan hisob-kitoblar aktiv va majburiyatlarning buxgalteriya qiymatiga asoslangan. Joriy bozor qiymati agar unga kompaniyada mavjud bo‘lgan nomoddiy aktivlar qiymatini ham kiritilsa ancha asosli bo‘ladi. Modomiki mazkur bo‘limda ko‘rib chiqilayotgan aktivlar sof iqtisodiy bo‘lib, ularning qiymati kompaniya uchun kelgusi foydani yaratishdagi ularning salohiyatiga muvofiq aniqlanadi. Shuning uchun biznesni baholashda yondashuv sifatida sof aktivlar qiymatidan foydalanganga R/E koeffitsiyent asosidagi yondashuvga nisbatan boshqa natijaga ega bo‘lamiz.
Iqtisodiy qiymat (erkin pul oqimlari asosida)
Iqtisodiy qiymatni baholash bilan bog‘liq yondashuv eng mantiqan to‘g‘ri sanaladi. U bo‘sh pul mablag‘larining kelgusi diskontlangan qiymatini baholashga asoslangan (free cash flows). Mantiqiyligiga qaramasdan mazkur yondashuv ayrim muammolarni ham yuzaga keltiradi. Bir yoki ikki yildan so‘ng paydo bo‘ladigan pul oqimlarini baholash murakkab. Boshqa muammo diskont stavkasini aniqlashdir. Uni CAPM modeli yoki biz yettinchi bobda tanishgan uning uch omilli versiyasidan foydalanib hal qilish mumkin.
Amaliyotda qoidaga ko‘ra turli yondashuvlar asosida hisoblangan kompaniyalarning qiymati farqlanadi. Dividend daromadini baholashga asoslangan yondashuv ko‘pincha aksiyalarning minoritar paketini baholash uchun foydalaniladi. Aksiyalarning nazorat paketlari qoidaga ko‘ra sof aktivlar orqali aksiyalar narxi va foyda nisbati bilan baholanadi.
Ko‘rinib turibdiki biz bo‘limni quyidagi qayd bilan tugatishimiz mumkin, fond birjasida ro‘yxatga olinmagan kompaniyalarni baholash narx subyektiv belgilanishi sababli aniq bo‘lmaydi. Amaliyotda mulkdor o‘zgarishi bilans sodir bo‘ladigan aksiyalar narxi qoidaga ko‘ra qatnashchilar o‘rtasida muhokama yo‘li bilan belgilanadi.



    1. Leverej



Oldingi boblarda biz soliq afzalliklarini tenglashtiradigan moliyaviy leverijning optimal darajasi mavjud deb faraz qildik. Kichik kompaniyalar holati yirik biznes kompaniyalari holatidan katta farqlanmaydi. Albatta ayrim tafovutlar bor, qoidaga ko‘ra ular ko‘pincha kichik biznesdagi risklar va soliq foydasi bilan belgilanadi. Kichik biznes uchun o‘rnatilgan nisbatan past soliq stavkalari qarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlari qisqarish darajasi ancha pastligini bildiradi.
Biz o‘tgan boblarda ko‘rganimizdek, moliyaviy leverej ta'siri natijasida paydo bo‘ladigan moliyaviy risk qoidaga ko‘ra operatsion riskni kuchaytiradi, u leverejda ham usiz ham mavjud bo‘ladi. Biznes- risk qisman tizimli, qisman xususiy hisoblanadi. Modomiki kichik biznes kompaniyalari aksiyadorlari asosiy tizimli riskdan saqlanishda o‘z kapitalini doimo ham samarali diversifikatsiya qilmasalar ular qoidaga ko‘ra yirik kompaniyalardagi raqobatchilariga qaraganda moliyaviy riskka ancha moyil bo‘ladilar. Bu vaqtda Fama va French (Fama and French 1996) tadqiqotlari va boshqa manbalar bankrotlik riski ko‘pincha kichik biznes sektorida paydo bo‘lishini ko‘rsatadi.
Soliq omillari va risk omillarining birgalik shuni bildiradiki kichik kompaniyalar yirik biznes bilan taqqoslaganda ancha past darajadagi qarz va o‘z mablag‘lari nisbatiga erishadilar.



    1. Dividendlar



Yirik kompaniyalardagi dividendlarning ko‘plab jihatlari tafovutlar mavjud bo‘lsa ham kichik biznes uchun dolzarb sanaladi. Kichik kompaniyalar menejerlari dividend siyosatiga nisbatan aksiyadorlar istaklarini bilishlari hamda bu talablarga dividend siyosatini moslashtirishlari kerak. Bu haqiqatdan zarur, modomiki qoidaga ko‘ra aksiyadorlar o‘z aksiyalarini sotishga va boshqa kompaniyalar aksiyalari bilan almashtirishga intilmasalar dividend siyosati ancha jozibali bo‘ladi.
Kichik kompaniyalar ko‘pincha yirik kompaniyalarga qaraganda har bir aksiyadorga individual yondashadilar. Masalan kompaniyalar uchun eng oddiy strategiya bir aksiyadorga pul shaklida dividend to‘lash va boshqasiga skrip dividend olish imkoniyatini taqdim qilishdir.

1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling