O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Xaridor kompaniyaning oddiy aksiyalari


Download 0.77 Mb.
bet154/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Xaridor kompaniyaning oddiy aksiyalari
Oddiy aksiyalar nishon-kompaniya aksiyadorlari bo‘lishni bas qilgan va xaridor kompaniya aksiyadorlariga aylangan oluvchilarni qiziqtirib qo‘yishi mumkin. Birlashishdan oldin ular allaqachon nishon- kompaniya aksiyalarining egalari edi, shuning uchun, mohiyatan, bunday aksiyadorlik investitsiyalashga qarshi bo‘lmasligi kerak.
Bu ular xaridor kompaniya aksiyalariga egalik qilishni xohlaydi, degani emas, chunki bu yuqorida aytib o‘tilgan joylashtirish muammolarini keltirib chiqaradi. Xaridor nuqtayi nazaridan, nishon- kompaniya aksiyalarining evaziga aksiyalar chiqarish o‘ziga xos afzalliklarga ega. Pul mablag‘lari qidirishga hojat yo‘q, kompaniya ham qimmatli qog‘ozlar chiqarilishida bo‘lgani kabi foiz yoki kapital to‘lash bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri kelmaydi.
Aksiyalar emissiyasi xaridor kompaniyaning dastlabki aksiyadorlari uchun xarajatlarga sabab bo‘lishini tushunish muhim ahamiyatga ega. Birlashishdagi to‘lov sifatida aksiyalar emissiyasi xaridor uchun muqobil xarajatlarni taqozo etadi. Agar nishon-kompaniya aksiyadorlari xaridor kompaniya aksiyalarini olishga tayyorgarlik ko‘rsa, bu aksiyalar shunga arzishini ko‘ra olishi kerak.
Shuni hisobga olganda, aksiyalar chiqarish emissiya huquqi tartibida yoki ommaviy obuna bo‘yicha pul mablag‘larini jalb qilish uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Xaridor kompaniyaning obligatsiyalari
Obligatsiyalar ham muayyan rol o‘ynashi mumkin, ammo vaziyatga bog‘liq ravishda ikki nuqtayi nazardan jiddiy kamchiliklarga ega. Avval ko‘rganimizdek, obligatsiyalar foiz stavkalari va qarzning asosiy qismini qaytarishga nisbatan xaridor tomonidan shartnomaviy qarz majburiyatlarini keltirib chiqaradi. Nishon-kompaniya aksiyadorlari uchun bu o‘zlari uchun nomaqbul bo‘lishi mumkin bo‘lgan investitsiya xarakteridagi jiddiy o‘zgarish, aynan esa, “risk/daromadlilik” nisbati o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Aksiyalarga qaytish noqulayliklar va xarajatlarga, shu jumladan, kapital o‘sishiga soliq to‘lovi bo‘yicha majburiyatga olib keladi. Birlashish sharoitida obligatsiyalarning ustunliklari ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.


  • Xaridor uchun obligatsiyalar bilan to‘lash aksiyadorlik mulki kengayishi natijasida nazorat zaiflashishiga olib kelmaydi (obligatsiyalar egalari, odatda, aksiyadorlarning har yillik majlislarida ovoz berish huquqiga ega emas).



  • Oluvchi uchun ular fiksirlangan foiz to‘lovi va aniq to‘lash sanasini nazarda tutishi sababiga ko‘ra jozibali bo‘lishi mumkin, bu o‘z navbatida, obligatsiyalarning bozor qiymatini yanada mustahkamlaydi19. Birlashgan kompaniyaning kelgusi muvaffaqiyatiga shubha bilan qarovchi nishon-kompaniya aksiyadorlari aksiyadorlik kapitaliga qaraganda ishonchliroq daromad bilan investitsiyalash shaklini afzal ko‘rishi mumkin.



Moliyalashtirish metodlarining har biriga taalluqli yuqorida sanab o‘tilgan omillardan tashqari, xaridor leverejning ko‘zlangan darajasini ham hisobga olishi kerak. Birlashishdan so‘ng uning bahosi to‘la o‘zgarishi mumkin. Xaridor kompaniya ma‘muriyati birlashish keltirib chiqargan risk darajasidagi kelgusi o‘zgarishlar tufayli birlashgan kompaniya levereji birlashishdan oldin xaridor kompaniyanikidan farq qilishini his etishi mumkin.
9.1-jadval Buyuk Britaniyada yaqinda amalga oshirilgan birlashishlar qanday moliyalashtirilganligini ko‘rsatadi. Moliyalashtirish manbalari birikmasi birlashishdan birlashishga va vaqt bo‘yicha farq qilsa-da, pul mablag‘lari va xaridor kompaniyaning oddiy aksiyalari imtiyozli aksiyalar bilan obligatsiyalarga qaraganda muhim rol o‘ynagani ko‘rinib turibdi.
1980-yillar oxiridan boshlab yutib yuborishlar soni kamayishining ehtimoliy sabablarini biz ushbu bobning oxirida, muvaffaqiyatli birlashishlar tajribasini ko‘rib chiqayotganda muhokama qilamiz.
9.1-jadval

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling