O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-rasm.Tijorat banklari boshqaruv organlari va ularning tizimi
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litsenziyaning bekor qilinishi
6-rasm.Tijorat banklari boshqaruv organlari va ularning tizimi 3-§. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish. Bankni qayta tashkil etish aktsiyadorlar umumiy yig‘ilish qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bu holda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: - bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma; - aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; - bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar; - qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko‘rib chiqiladi. Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi Bank Kengashi Bank Boshqaruvi Bank taftish komissiyasi Bank Boshqaruvi raisi 126 Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Aktsiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu holda bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi to‘g‘risida matbuotda e’lon qilinadi. Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq huquqiy sanktsiya bo‘lib qonun buzilish holatiga Markaziy bankning bildirilgan munosabati va bankning faoliyatini to‘xtatish uchun asos hisoblanadi. Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi; - bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida; - litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda; - bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; - hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; - bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida; - litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; - O‘zbekiston Respublikasida shu’ba bank ochgan xorijiy bank litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 127 Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat bankning sudga murojaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. Bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aktsiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra; Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida; bankrot deb e’lon qilinganida. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi va bu haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling