O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Bankni tugatish uning huquq va majburiyatlarini boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslarga o‘tkazmasdan bank faoliyatini to‘xtatishdan iborat. O‘zbekiston 
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra bank 
quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: 
- aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra; 
- Markaziy bank litsenziyasini chaqirib olganda; 
- bankrot deb e’lon qilinganida. 
Bankni tugatishda bank aktsionerlarining umumiy yig‘ilishida Markaziy bank 
bilan kelishgan holda tugatuv komissiyasi yoki tugatuvchi tayinlanadi. Tugatuv 
komissiyasi tarkibiga Markaziy bank va uning hududlardagi boshqarmalari 
mutaxassislari kiritilishi mumkin. Tugatish jarayonlarining asosiy maqsadi bank 
kreditorlari va omonotchilarining barcha talablarini tezroq qondirishga qaratilgan. 
Quyidagilar bankni tugatishga asos bo‘lishi mumkin. 
a) Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
berilgan litsenziya chaqirib olinganda; 


128 
b)bankni ixtiyoriy tugatish bo‘yicha aktsionerlar yoki muassislar umumiy 
yig‘ilishining qarori qabul qilinganda bankni tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi 
mumkin. 
Markaziy bank boshqaruvi tomonidan litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida 
qaror qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni boshlangan 
hisoblanadi, bank operatsiyalarini va xorijiy valutada operatsiyalarni amalga 
oshirish jarayoni to‘xtatiladi hamda banklarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 
Davlat 
kitobiga 
bank 
tugatish 
jarayonida 
ekanligi 
to‘g‘risida yozuv 
qilinadi.Tugatuvchi qonunda belgilangan tartibda bankni tugatish jarayonlari 
bo‘yicha o‘zining rejasiga ega bo‘lishi lozim. Mazkur rejada tugatuvchining 
amalga oshiradigan chora-tadbirlari, tugatuvchi va jalb qilinadigan ekspertlar va 
mutaxasislarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq jarayonlar o‘z ifodasini topishi lozim. 
Tugatish bilan bog‘liq barcha harajatlar bank mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 
Tugatish bilan bog‘liq harajatlarni Markaziy bank mablag‘lari hisobidan qoplashga 
yo‘l qo‘yilmaydi. 
Litsenziziya chaqirib olingan kundan boshlab ikki oy davomida tugatuvchi 
debitor qarzdorlik va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy 
zaxiralar fondida zaxirada turgan bank mablag‘larini undirib olish va ularni 
birinchi navbatda, tugatilayotgan bankning omonotchilarining omonotlarini 
qaytarishga yo‘naltiradi.
Tijorat bankining moliyaviy holati qoniqarli bo‘lib u o‘z kreditorlari va 
omonotchilari oldida majburiyatlarini bajara olish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda 
Markaziy bankning ruxsati bilan bank aktsionerlarining umumiy yig‘ilishi bank 
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin Mazkur qaror ommaviy 
axborot vositalari, veb-saytlarda e’lon qilinishi lozim. 
Bankni tugatish deganda uni yuridik shaxs sifatida barham topishi, bank 
operatsiyalari amalga oshirilishining to‘xtatilishi, bankning moliya bozori 
ishtirokchisi, tadbirkorlik sub’ekti sifatida xo‘jalik faoliyatidan chetlashtirilishi 


129 
tushuniladi.Bankni tugatish jarayoni ikki xil bo‘lishi mumkin: ixtiyoriy tugatish 
yoki majburiy tugatishdir.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling