O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhozafasini ta’minlash


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

2-§. To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhozafasini ta’minlash 
Hattoki bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o‘ziga 
ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan 
tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli 
emas. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan 
yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib 


316 
qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim 
etishga haqli emas. 
Bank qonunchiligiga asosan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza 
qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi. Bank sirini tashkil etuvchi 
ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va 
texnikaviy chora-tadbirlar ko‘rishi , ularning saqlanishini kafolatlashi lozim. 
Bugungi keng kamrovli iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to‘lov 
tizimi har bir mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydi. CHunki, to‘lov tizimi 
iqtisodiyotning moliyaviy infrastrukturasida hayotiy zarur element bo‘lib 
hisoblanadi hamda iqtisodiyotni pul-kredit siyosati orqali samarali boshqarishni 
ta’minlovchi zaruriy kanallardan biri bo‘lib sanaladi. 
Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan kompaniya va 
firmalar faoliyat ko‘rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. 
Korxona va tashkilotlar bir-birlari bilan oldi-sotti munosabatlarini o‘rnatadilar, bu 
munosabatlar o‘zaro hisob-kitoblar orqali hal qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o‘tkazish 
uchun to‘lov tizim mavjud bo‘lishi lozim. Ushbu to‘lov tizimi arzon, qulay shu 
bilan birga xavfsiz ham bo‘lishi lozim. Agar to‘lov tizimi rivojlangan bo‘lsa, 
undan foydalanish sur’ati ham oshib boradi. To‘lov tizimlari turli shakllarda 
tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo bitta, ya’ni aholiga va xo‘jalik 
sub’ektlariga o‘z pul mablag‘larini bir bankdagi hisobvaraqdan boshqa 
bank hisobvarag‘iga tez o‘tkazib berishni ta’minlashdir. 
To‘lov tizimi deyarli barcha risk turlariga uchraydi. To‘lov tizimlarning 
ishtirokchilari uchrashi mumkin bo‘lgan risklarning har xil turlari mavjud.
To‘lov tizimi bu- tashkilotlar, huquqiy me’yorlar, vositalar hamda hisob-kitoblarda 
qatnashuvchilarning hisob-kitoblarini o‘tkazishni ta’minlaydigan dasturiy-texnik, 
kommunikatsion-axborot vositalari majmuidir. SHu jihatdan to‘lov tizimining 
faoliyati, tashkiliy tuzilishiga uning riskka tortilishiga olib keladi. Bunda: 
- hisob-kitoblar va bank holati bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlarning 


317 
berilishi, xodimlar tomonidan amalga oshirilgan o‘g‘irliklarni yashirish, 
xodimlarga berilgan pora evaziga kredit hujjatlarini sohtalashtirish va boshqalar;
- hisob-kitob hujjatlarini o‘g‘irlash va ularni soxtalashtirish, kredit olish va 
to‘lash bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish; 
- mijozlar, xizmatlar va biznes yuritish standartlariga oid 
ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish va xisobvaraqlardan foydalangan holda firibgarlik; 
- ishdagi, axborot va aloka tizimidagi xatolik va uzilishlar, ya’ni 
texnikaning ishlamay qolishi, telekommunikatsiya muammolari va dasturdagi 
uzilishlar; 
- to‘lov tizimi va kompyuter aloqalariga ruxsatsiz kirish, 
- hujjatlarni rasmiylashtirish, operatsiyalar o‘tkazish va jarayonlarni 
boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni kiritishdagi hatoliklar, xuquqiy hujjatlarning 
etishmasligiva boshqalar kiradi.
O‘zbekiston 
respublikasining 
2006 
yil 

aprelda 
qabul 
qilingan 
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotlarni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 
qonunida avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi 
maqsadlarda amalga oshirilishi keltirilgan. Bular:: 
- banklarning axborot xavfsizligini ta’minlash va bank sirini muhofaza qilish; 
axborotning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib 
qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va undan o‘zgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, 
shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha 
shakldagi aralashuvlarning oldini olish kabilar hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan 
bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish uchun axborotni 
muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, 
avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga 
qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish, sertifikatlangan 
texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish 
belgilangan va barcha banklar bu qonuniy normalarga rioya qilishlari lozim. 


318 
Avtomatlashtirilgan bank tizimi mulkdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq axborotning muhofaza qilinishini 
ta’minlashi hamda axborot mulkdorini uning axboroti muhofazasi buzilishining 
barcha hollari to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va banklarda avtomatlashtirilgan bank 
tizimida axborotni muhofaza qilish xizmati tashkil etilgan bo‘lib u: 
.-axborotning saqlanishini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etadi; 
-axborotni muhofaza qilish masalalarida uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi; 
-avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish tizimini loyihalash, 
sinovdan o‘tkazish va qabul qilib olishda ishtirok etadi; 
-avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar 
bo‘lganligi, unga boshqacha shaklda aralashilganligi aniqlanganda hamda 
tizimning ishlash qoidalari buzilganda mazkur tizimdagi axborotni muhofaza qilish 
chora-tadbirlarini ko‘radi; 
-axborotni muhofaza qilish chora-tadbirlarining holati va samaradorligini tahlil 
etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin. 
Bank ichki jarayonlarda o‘rnatilgan jarayonlardagi 
nosozliklar, jarayonlarga bo‘ysinmaslik va jarayonning biznes-liniya doirasida 
etarlicha aks ettirilmasligi, inson omili bilan bog‘liq risklar, 
noto‘g‘ri boshqaruv, kadrlarning noto‘g‘ri tanlangani, qonunlar, etik normalar va 
shartnomaviy kelishuvlarga rioya qilmaslik, hamda bank faoliyatida bank siri bilan 
bog‘liq jarayonlarda muammolar yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. 
Ammo, kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish 
bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi. Kredit axborotini kredit byurolariga 
taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. 


319 
Banklar o‘z faoliyatining xavfsizligini ta’minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa 
investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o‘z mijozlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o‘zaro almashib turishlari 
va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar 
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga, shuningdek 
omonatchilarga pullarni qaytarish tadbir-choralarini ko‘rish uchun agent banklarga 
taqdim etiladi. Agar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish 
to‘g‘risidagi talab qonun talablariga muvofiq bo‘lmasa, bank bunday ma’lumotlar 
taqdim etishni rad qilishga haqli hisoblanadi. Bu borada ma’lumot so‘rovchi
ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi 
mumkin.
Bank va bank xodimi bank siri to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, 
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati 
bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan shaxsning 
ma’lumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy 
foydalanganligi hamda bank mijoziga zarar etkazganligi aniqlansa bank xodimi
qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling