O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Tijorat banklari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish. Xisob-kitob
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
5-§. Tijorat banklari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish. Xisob-kitob
va hisobotlar tartibi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra: banklarda buxgalteriya hisobi yuritish va hisoblash qoidalari Markaziy bank tomonidan qonun xujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi. Buxgalteriya hisobi yuritishning asosiy tamoillari va umumiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida 26 hamda uning asosida va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan «Buxgalteriya hisobi milliy standartlari»da belgilab qo‘yilgan. Bank muassasalarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlari aks ettirilgani holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2004 yil 27 noyabrda 2519-son qaror bilan «Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi tartibi to‘g‘risida Nizom» tasdiqlangan. 27 Tijorat banklari tomonidan hisob-kitoblarni yuritish tartiblarini buzganlik, hisobotlarni taqdim etish muddatlariga, tartiblariga amal qilmaganlik, ishonarli bo‘lmagan hisobotlar taqdim etganlik uchun bank rahbarlariga nisbatan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xuquqiy javobgarlik choralari, banklarga nisbatan esa iqtisodiy jazo choralari (moliyaviy sanksiyalar) qo‘llashlik nazarda tutilgan. 26 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1996 йил, 9- сон, 142-модда. 27 Ў£збекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами. 2004 йил, 50-сон, 511-модда. 141 Bankda xisob-kitob va xisobotlarning qonun talablariga to‘la mos kelishi uchun bank rahbarlari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar sanaladi. Bankning xo‘jalik faoliyati ustidan tekshirishni aksiyadorlik tijorat banki umumiy majlisi tomonidan belgilangan tartibda saylanadigan taftish komissiyasi olib boradi. Taftish komisssiyasi a’zolari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni halol va to‘liq bajarilishi uchun javobgar bo‘ladilar. Taftish komissiyasi bank tomonidan qonun va qonunosti me’yoriy xujjatlariga rioya etilishini, bank ichki nazorati ahvolini, bank operatsiyalarining qonuniyligini, kassa va mol-mulklar ahvolini tekshirib boradi. Tekshirish natijasida aniqlangan qonun buzarliklarni bartaraf etish, aybdorlarni javobgarlikka tortish chorasini ko‘radi. U o‘z faoliyati xaqida belgilangan tartibda bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishiga hisob beradi. Bank Kengashi yoki boshqaruvi a’zosi, bankda Biron-bir shtatli lavozimni egallagan shaxslar taftish komissiyasi a’zosi etib saylanishi mumkin emas. Taftish komissiyasi, uning son tarkibi va asosiy vazifalari Bank ustavida belgilab qo‘yiladi. Banklar faoliyati ustidan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan nazorat amalga oshiriladi. Bankning yillik moliyaviy hisobotlari ishonchliligi hamda to‘g‘riligini tekshirish maqsadida tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib turiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 24 iyunda 430- son bilan «O‘zbekiston Respublikasi banklarida audit tekshiruvlarini o‘tkazish to‘g‘risida Nizom» tasdiqlangan. Bu nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 4 noyabrda 982-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan. 142 Ushbu nizomda audit tekshiruvlarini o‘tkazish xuquqini beruvchi sertifikat va malaka sertifikati berish bo‘yicha bank audit komissiyasi ishini, sertifikat berish tartibini, auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish tartibini va boshqa tartib-qoidalar nazarda tutilgan. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling