O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naqd pulsiz hisob-kitob tizimining elementlari
8-rasm. Naqd-pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlari 41 Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlaridan biri bu hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblarquyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 41 К.Наврузова, Ж.РаббиновЎзбекистонда нақд пулсиз ҳисоб-китоблар тизими ва уни такомиллаштириш. Монография/-T.: Mоliya-iqtisod 2015йил. Naqd pulsiz hisob-kitob tizimining elementlari Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shaklllari va hujjatlari To’lov uslubi va manbalari To’lovlarning ketma-ketligi Naqd pulsiz hisob-kitoblarning subektlari Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tamoyillari 168 -Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklarida saqlashlari shart. -Qaysi bankda hisobraqam ochishni, qanday hisob-kitob shakllaridan foydalanishni mijozlarning o‘zlari mustaqil belgilaydilar. -To‘lov qoidasi va shartlari mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada kelishib olinadi, mijozlarning hisob- kitoblar bo‘yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi. -To‘lovlar xo‘jalik sub’ektlarining hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari hisobidan yoki bank krediti hisobidan amalga oshiriladi. - Pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish, ushbu mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgandan so‘ng amalga oshiriladi. -Pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi yoki uning yozma topshirig‘iga asosan o‘tkaziladi Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblarning birinchi tamoyili xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mablag‘larini bankdagi hisobvaraqlarida saqlashlari va barcha operatsiyalarni bank orqali o‘tkazishlari lozimligini bildiradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning ikkinchi tamoyili shundan iboratki, qaysi bankda hisobraqam ochishni mijozlarning o‘zlari mustaqil belgilaydilar. Mijozlar o‘ziga qulay bo‘lgan manzildagi, yuqori reyting va imidjli, xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi yuqori, qonuniy bo‘lgan barcha bank operatsiyalarini tez va xavfsiz o‘tkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan banklarni tanlaydilar va hisob-kitob shakllarini erkin tanlaydilar. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning yana bir tamoyili, to‘lov qoidasi va shartlari mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomada kelishib olinishini belgilanishidir. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning keyingi tamoyili bu - to‘lovlarning xo‘jalik sub’ektlarining hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari hisobidan yoki bank krediti hisobidan amalga oshirilishidir. Mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining etarli miqdorda bo‘lganda, barcha kelib tushgan hisob-kitob hujjatlari kelib tushish tartibida birin- 169 ketin to‘lanadi. Mijozlar hisob-kitob hujjatlarini to‘lash uchun bank kreditidan ham foydalanishlari mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning beshinchi tamoyili bu pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish, ushbu mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgandan so‘ng amalga oshirilishidir. Pul mablag‘lari to‘lovchining roziligi yoki uning yozma topshirig‘iga asosan o‘tkazilishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishning yana bir tamoyillaridan biridir. To‘lovchining hisobvarag‘idan pul mablag‘lari uning roziligi asosida o‘tkaziladi. Banklar “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga yoki ularni bajarishni rad etishga haqlidir. Operatsiyalarni o‘tkazish jarayonida mijoz lozim darajada tekshiriladi. “Mijozni lozim darajada tekshirish bu - mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazishdir.” 42 42 “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash to’grisida ”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. 2004y. 2019 y. 15 yanvardagi tahriri. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling