O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

CHeklar bilan hisob-kitob qilish (O‘zbekiston FuqarolikKodeksining 807-
816 moddalari). CHek – mohiyatiga ko‘ra belgilangan shakl va zaruriy 
rekvizitlariga ega bo‘lgan, mulkiy xuquqni tasdiqlovchi xujjatdir. CHek bo‘yicha 
to‘lovlar chek taqdim etilganida ijro etiladi. 
Fuqarolik kodeksining cheklarga oid qoidalari cheklar bilan hisob-kitob qilish 
haqidagi 1931 yil Jenevada imzolangan yagona tusdagi (unifikatsiyalashtirilgan) 
halqaro qonun talablariga mos keladi. CHek beruvchining chekda ko‘rsatilgan 
summani chek saqlovchiga to‘lash haqida bankka hech qanday shart qo‘yilmagan 
topshirig‘i mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘oz chek deyiladi. CHek bilan hisob-kitob 
qilinganida faqat chek beruvchining chek berish yo‘li bilan tasarruf etishga haqli 
bo‘lgan mablag‘lari saqlanayotgan bankgina chek bo‘yicha pul to‘lovni qilib 
ko‘rsatilishi mumkin. CHekni taqdim etish muddati o‘tmagunicha uni chaqirib 
olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
CHekning berilishi – bajarish uchun chek berilgan pul majburiyatini bekor 
qilmaydi. To‘lov muomalasida cheklardan foydalanish tartibi va shartlari ushbu 
Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. CHekda quyidagilar 
bo‘lishi shart: hujjat matniga kiritilgan «chek» degan nom; muayyan pul 
summasini to‘lash haqida to‘lovchiga topshiriq; to‘lovchining nomi va to‘lov qaysi 
hisobvaraqdan amalga oshirilishi kerakligi; to‘lov valyutasi; chek tuzilgan sana va 


205 
joy; chekni yozib bergan shaxsning – chek beruvchining imzosi. Hujjatda mazkur 
rekvizitlardan birontasining bo‘lmasligi chekni kuchdan mahrum qiladi. Tuzilgan 
joyi ko‘rsatilmagan chek chek beruvchi turgan joyda imzolangan deb hisoblanadi. 
CHekning shakli va uni to‘ldirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
CHek bo‘yicha pul chek beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. CHek 
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan muddatda to‘lovga taqdim etilgan 
taqdirdagina u bo‘yicha pul to‘lanadi. CHek bo‘yicha pul to‘lagan shaxs chekning 
to‘lov olinganligi haqidagi tilxat bilan birga o‘ziga berilishini talab qilishga haqli. 
CHek bo‘yicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan 
holda boshqa shaxsga beriladi. Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga 
berilishi mumkin emas. 
O‘tkazma chekda pul to‘lovchiga qilingan indossament to‘lovni olganlik 
uchun tilxat kuchiga ega bo‘ladi. To‘lovchi tomonidan qilingan indossament 
xaqiqiy emas. Agar indossament bo‘yicha olingan o‘tkazma chekka ega bo‘lgan 
shaxs o‘zining xuquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori 
bilan asolab bersa, u o‘tkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi. CHek 
bo‘yicha to‘lov kafolat (aval) vositasida to‘la yoki qisman kafolatlanishi mumkin. 
Avalni to‘lovchidan boshqa har qanday shaxs berishi mumkin. Aval chekning old 
tomoniga yoki qo‘shimcha varaqqa «aval deb hisoblansin» degan yozuv bilan va u 
Kim tomonidan hamda Kim uchun berilganini ko‘rsatgan holda qo‘yiladi. Agar 
aval kim uchun berilganligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aval chek beruvchi uchun 
berilgan hisoblanadi. Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi 
(turgan eri) va ustxat yozilgan sana ko‘rsatiladi. Avalchi u avalni kim uchun 
bergan bo‘lsa, o‘sha shaxs singari javobgar bo‘ladi. Agar avalchi kafolatlangan 
majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga ko‘ra xaqiqiy 
bo‘lmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati xaqiqiy bo‘laveradi. CHek 
bo‘yicha pul to‘lagan avalchi u kafolat bergan shaxsga nisbatan ham, bu shaxs 
oldida majburiyati bo‘lgan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan 


206 
xuquqlarni qo‘lga kiritadi. CHek saqlovchiga xizmat qiladigan bankka to‘lovni 
olish uchun chekni inkassoga taqdim etish to‘lovga taqdim etish deb hisoblanadi. 
Inkassolangan chek bo‘yicha mablag‘larni chek saqlovchining hisobvarag‘iga 
kiritish, agar chek saqlovchi bilan bank o‘rtasidagi shartnomada boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, to‘lovchidan to‘lov olinganidan keyin amalga oshiriladi. 
CHek bo‘yicha to‘lovchi chekning xaqiqiyligiga, shu jumladan taqdim etuvchi 
chek bo‘yicha vakil qilingan shaxs ekanligiga ham imkoniyatidagi hamma usullar 
bilan ishonch hosil qilishi kerak. Inkassolangan chek bo‘yicha pul to‘langanida 
to‘lovchi indossantlarning imzosini emas, balki indossamentlar to‘g‘riligini 
tekshirishi shart. 
Soxta, o‘g‘irlangan yoki yo‘qotib qo‘yilgan chek bo‘yicha to‘lovchi pul 
to‘lashi oqibatida ko‘rilgan zarar kimning aybi bilan etkazilganligiga qarab, 
to‘lovchining yoki chek beruvchining zimmasiga yuklatiladi. CHek bo‘yicha pul 
to‘lashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak: 
- Notarius tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda norozilik 
bildirish; pul to‘lovchi chekka u bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortganligi 
haqida belgi qo‘yilib, chek haq to‘lash uchun taqdim etilgan sanani 
ko‘rsatish; 
- Inkasso qiluvchi bankning chek o‘z vaqtida taqdim etilganligi va u bo‘yicha 
pul to‘lanmaganligi haqida, sanasini ko‘rsatgan holda belgi qo‘yishi. 
Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq to‘lash uchun taqdim etish 
muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak. 
Agar chek muddatning oxirgi kunida taqdim etilgan bo‘lsa, norozilik yoki shu 
kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin. 
CHek saqlovchi pul to‘lanmaganligi haqida norozilik bildirgan yoki shu kabi 
harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida o‘z 
indossantiga va chek beruvchiga xabar qilishi shart. 


207 
Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida o‘zi 
olgan bildirish haqida o‘zining (oldingi) indossantiga xabar berishi shart, O‘sha 
shaxs uchun aval bergan shaxsga ham shu muddatda xabar yuboriladi. Ko‘rsatilgan 
muddat davomida xabar yubormagan shaxs chek bo‘yicha o‘z huquqlaridan 
mahrum bo‘lmaydi. U chek bo‘yicha pul to‘lanmaganligini xabar qilmagani tufayli 
keltirilgan zararning o‘rnini chek summasi doirasida qoplashi shart. To‘lovchi chek 
bo‘yicha pul to‘lashdan bosh tortgan va bu hol O‘zbekiston Fuqarolik kodeksning 
814-moddasiga muvofiq tasdiqlanganida chek saqlovchi o‘z hohishiga ko‘ra chek 
bo‘yicha majburiyatli bo‘lgan bitta, bir necha yoki barcha shaxslarga (chek 
beruvchi, avalchilar, indossantlarga) nisbatan da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘lib, ular 
chek saqlovchi oldida solidar javobgar bo‘ladilar. 
CHek saqlovchi maxkur shaxslardan chek summasini, chek bo‘yicha pul 
olishga qilgan o‘z chiqimlarini, shuningdek foizlarni ushbu Kodeks 327-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda 
to‘lashni talab qilishga haqli. Xuddi shunday huquqqa chek bo‘yicha pul to‘lashi 
shart bo‘lgan shaxs ham chek bo‘yicha pul to‘laganidan keyin ega bo‘ladi. CHek 
saqlovchining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan 
da’vosi chekni haq to‘lashga taqdim etish muddati tamom bo‘lgan kundan 
e’tiboran olti oy mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin. Majburiyatli shaxslarning bir-
birlariga nisbatan da’volari bo‘yicha regress talablari tegishli majburiyatli shaxs 
talabni qondirgan kundan yoki unga da’vo qo‘zg‘atilgan kundan boshlab olti oy 
o‘tgach qoplanadi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling