O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Mijozning bank hisobvarag‘idan mablag‘larni nizosiz tartibda o‘chirish


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

5-§. Mijozning bank hisobvarag‘idan mablag‘larni nizosiz tartibda o‘chirish 
asoslari va tartibi. 
Haq undirishga oid ijro hujjatlarini bank orqali ijro etilishi O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolik qonunchiligi va mulkchilik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan xususiy mulk 
dahlsizligi haqidagi qoidaga tayangan holda (Konstitutsiyaning 53-moddasi, II 
qismi) mulkiy huquqlarni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qilish choralarini 
ko‘radi. 
Davlatning va boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslarning mulkiy 
manfaatlarini samarali himoya qilish shakllaridan biri – mablag‘larni uning egasi 
roziligisiz olib qo‘yilishiga, undan foydalanishiga to‘sqinliklar qo‘yilishiga yo‘l 
qo‘yilmasligidir. SHunga ko‘ra bank mijozining hisobvarag‘idagi pul 
mablag‘larini uning roziligisiz olib qo‘yish – tasarruf qilish umumiy qoidaga ko‘ra 
mumkin emas. Ayni paytda davlatning, o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar 
manfaatlarini mablag‘lar qarzdor tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmasligidan himoya 
qilish maqsadida qonunchilikda bankdagi hisobvaraqda saqlanayotgan pul 
mablag‘larini qonun hujjatlarida maxsus nazarda tutilgan hollarda, asoslar va 
shartlarga ko‘ra hamda belgilangan tartibda mablag‘ egasi roziligisiz (nizosiz) olib 
qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Bank hisobvarag‘ida saqlanayotgan bank mijozi mablag‘larini egasining 
roziligisiz (nizosiz) o‘chirish (olib qo‘yish)ning xuquqiy asoslari O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksida (783-784 moddalar), «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda (31-33 moddalari),
57
«Sud hujjatlari va boshqa 
organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonuni,
58
O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 12 fevralda 406-son bilan ro‘yxatga olingan, 
57
£збекистоннинг янги ¢онунлари, №13, Т., «Адолат», 1996 йил. 
58
£збекистон Республикаси ¡онун ¦ужжатлари т¤плами, 2001-сон, 145-
модда. 


197 
«Xo‘jalik sub’ektlari bank hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘chirish tartibi 
to‘g‘risida»gi yo‘riqnomada
59
va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. 
Bank mijozi hisobvarag‘idan pul mablag‘larini uning ruxsatisiz, nizosiz 
tartibda o‘chirish bank huquqi nazariyasida turlicha qarashlarga sabab bo‘layotgan 
birmuncha murakkab muammolardan hisoblanadi. Bu bank huquqiy munosabati 
ishtirokchilarining ham hususiy, ham ommaviy manfaatlariga daxl qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida «Mulkdor faqat 
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum qilinishi 
mumkin» deb e’lon qilingan. Ushbu konstitutsiyaviy qoida O‘zbekiston 
Respublikasining boshqa qonunlarida yanada aniqlashtirilgan. Jumladan
O‘zbekiston Respublikasi FKning 166-moddasida ham mulk dahlsiz ekanligi va 
mulk xuquqini cheklashga qonunda bevosita nazarda tutilgan holatlardan tashqari 
hollarda yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatilgan. Bunday qoidalarning «O‘zbekiston 
Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi, «Korxonalar to‘g‘risida» gi va 
boshqa qonunlarda ham belgilab qo‘yilganligi ushbu huquq bizning jamiyatimizda 
haqiqatdan ham muqaddas hamda dahlsiz ekanligini ta’kidlaydi. 
Ana shunday huquqiy muhitda pul mablag‘larini hisobvarag‘idan nizosiz 
tartibda o‘chirish mulkning muayyan turi sanalmish pul mablag‘i egasining 
muqaddas huquqlariga dahl qilayotgandek, ushbu huquqlarning poymol etilishiga 
yo‘l ochayotgandek ko‘rinadi. Aksincha hisobvarag‘dan pullarni nizosiz o‘chirish 
va ularni tegishli haq undiruvchilar hisobvarag‘iga qo‘shib yozib qo‘yish aynan 
dahlsiz mulk huquqini muhofaza etishga qaratilgan. Bundan tashqari 
hisobvarag‘dan pul mablag‘larini nizosiz tartibda o‘chirishning asl maqsadida ham 
aslida mulkiy huquqlarni himoya qilish, buzilgan huquqlarni, haq undiruvchilar 
huquqlarini himoyalashga qaratilgan, chunki ana shunday majburiy tarzdagi 
harakat sodir etilishidan avval hisobvarag‘ egasi sanalmish mablag‘lar majburan 
tortib olinayotgan shaxs tomonidan qonun talablari qo‘pol tarzda buzilgan, boshqa 
shaxslarning qonuniy huquqlari poymol etilgan hamda b udalil tegishli vakolatga 
59
¡аранг: Банк ахборотномаси. 1998 йил, 9-сон. 


198 
ega bo‘lgan davlat organlari chiqargan qaror bilan tasdiqlangan bo‘ladi. SHu 
sababli pul mablag‘larini hisobvarag‘dan so‘zsiz tartibda o‘chirishga ehtiyotlik 
bilan yondoshish lozim bo‘ladi. 
Pul mablag‘larini nizosiz tartibda hisobvaraqdan o‘chirishni huquqiy tartibga 
solish masalalari O‘zbekiston Respublikasi FK (783-modda), «Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (31-modda), boshqa qonunlar hamda bir qator qonun 
hujjatlari bilan hal etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
naqd 
pulsiz 
hisob-kitob 
qoidalarida 
ko‘rsatilishicha: 
- Nizosiz tartibda o‘chirish tartibi belgilangan hollarda haq undiruvchining 
talabi bilan; 
- Boshqa hollarda esa ijro hujjatlari va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar 
bo‘lganida mablag‘ egasi roziligisiz pul mablag‘lari hisobvarag‘idan 
o‘chirilishi mumkin. 
Mablag‘lar hisobvaraqdan: 
- Soliq organlari farmoni bilan soliqlar va boshqa nosoliq to‘lovlar byudjetga 
o‘z vaqtida to‘lanmaganida; 
- Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi organlari (pensiya jamg‘armasi) farmoyishi 
bilan qarzlarni undirish uchun nizosiz tartibda o‘chirilishi mumkin. 
Mablag‘lar nizosiz tartibda o‘chirilishiga asos bo‘ladigan ijro hujjatlari 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 

Xo‘jalik sudlari tomonidan berilgan buyruqlar; 
- Sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari; 
- Notariuslar tomonidan bajarilgan ijro yozuvlari. 
SHuningdek, nizosiz tartibda to‘lovlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan to‘lov 
talabnomalari, avtomobil yo‘llari ta’miri uchun olinadigan tizim bo‘yicha qarzlarni 
undirish haqida hakamlar farmoyishlari, qarzdor tomonidan tan olingan 
summalarni undirish haqidagi ko‘rsatmalar, hukumat qarorlarida nazarda tutilgan 


199 
boshqa turdagi to‘lovlar ham ijro hujjatlariga tenglashtiriladi va ular asosida 
nizosiz tartibda hisobvaraqalaridan pul mablag‘larini o‘chirishga yo‘l qo‘yiladi. 
Hisobvarag‘laridan pul mablag‘larini o‘chirish tegishli soliq yoki boshqa 
organlarning to‘lov topshiriqnomalari, sud ijrochilarining bevosita murojaatlari 
asosida, tegishli hujjatlarning asl nushasi yoki dublikati bo‘lganida (nusxa asos 
bo‘lmaydi) amalga oshiriladi. 
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra mijoz hisobvarag‘idan pul mablag‘larini 
o‘chirilishiga asos bo‘ladigan hujjatlar vakolatli davlat organlari yoki haq 
undiruvchilar tomonidan belgilangan muddatda bankka taqdim etilishi lozim. Ijro 
hujjatlarini bankka taqdim etish bo‘yicha quyidagi muddatlar belgilab qo‘yilgan: 
- Sudlar tomonidan berilgan ijro hujjatlari bo‘yicha – bir yil ichida; 
- Notarial idoralar ijro yozuvlar bo‘yicha (qonunda boshqacha nazarda 
tutilmagan bo‘lsa) – bir yil; 

Xo‘jalik sudi buyruqlari bo‘yicha – uch oy; 
- Mehnat nizolari komissiyasi guvohnomalari bo‘yicha uch oy. 
Ushbu muddatlar o‘tganidan keyin taqdim etilgan hujjatlar asosida 
hisobvaraqdan pul mablag‘larini nizosiz tartibda ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Hujjatning bankka yoki sud ijrochisiga taqdim etilishi muddatning uzilishiga va 
uni taqdim etilgan kundan yangidan hisoblanishiga sabab bo‘ladi. 
Davlat byudjetiga, sug‘urtasiga, ijtimoiy ta’minot organlariga mablag‘ 
undirish maqsadida taqdim etilgan hujjatlarga nisbatan muddatlar tatbiq etilmaydi 
va ular asosida muddatidan qat’iy nazar hisobvaraqdan pul mablag‘larini o‘chirish 
amalga oshirilaveradi.Taqdim etilgan haq undirish haqidagi hujjatlar asosida haq 
undirish qonunda bevosita nazarda tutilgan hollarda to‘xtatib turiladi yoki bekor 
qilinadi. Mijoz hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘chirish paytida bir necha haq 
undiruvchi yoki bir necha ijro hujjatlari mavjud bo‘lganida mablag‘larni undirish 
navbati qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan 1998 yil 12 fevralda tasdiqlangan V-55 sonli «Xo‘jalik sub’ektlari bank 
hisobvaraqlaridan o‘chirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilab qo‘yilgan. 


200 
Mabodo ana shunday vaziyatda mablag‘lar etarli bo‘lmasa, u holda birinchi 
navbatda mutanosib ravishda davlat byudjetiga, pensiya fondi va boshqa 
byudjetdan tashqari fondlarga hamda mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib 
chiquvchi talablarni qondirishga oid majburiyatlarni qondirish uchun undiriladi, 
keyin esa qolgan talablar qondiriladi. 
Qayta 
tashkil 
etilayotgan 
yoki 
tugatilayotgan 
yuridik 
shaxslar 
hisobvarag‘idan pul mablag‘lari o‘chirish tugatish komissiyasi ishtirokida 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mijozning bank hisobvarag‘ida unga 
bildirilayotgan pul talablari va uning boshqa turdagi pul majburiyatlarini to‘la ado 
etishlik uchun etarli mablag‘ bo‘lmagani taqdirda talablar qonun xujjatlari bilan 
belgilab qo‘yilgan va navbatga ko‘ra bank tomonidan ijro etiladi. 
Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari unga qo‘yilgan barcha talablarni qondirish 
uchun etarli bo‘lmagan taqdirda, pul mablag‘lari quyidagi navbatda o‘chiriladi: 
Birinchi navbatda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
talablarni, alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq 
to‘lash, shuningdek hayotga va salomatlikka etkazilgan zararning o‘rnini qoplash 
to‘g‘risidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul o‘tkazishni yoki pul 
berishni nazarda tutuvchi ijro xujjatlari bo‘yicha pul o‘chiriladi; 
Ikkinchi navbatda byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni 
nazarda tutuvchi to‘lov xujjatlari bo‘yicha pul o‘chiriladi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling