219
1. Mijozni identifikatsiyalash
jarayonida olingan, Tijorat banklarida jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarida
ko‘rsatilgan ma’lumotlar.
2. Tavakkalchilik darajasi haqida ma’lumot,
shu jumladan, tavakkalchilikni
baholash asoslari.
3. Bank tomonidan mijozni identifikatsiyalashda
amalga oshirilgan
qo‘shimcha chora-tadbirlar natijalari.
4. Mijoz bilan munosabatlar o‘rnatilgan sana — tijorat bankidagi birinchi
bank hisobvarag‘i (omonati) ochilgan sana.
5. Mijoz anketasi to‘ldirilgan va o‘zgartirish kiritilgan sana.
6. Mijoz bilan ishlashga mas’ul xodim, xususan,
hisobvaraq ochgan va
hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning
muovini) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
7. Qog‘oz shaklidagi mijoz anketasini to‘ldirgan xodim imzosi (familiyasi,
ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatilgan holda)
va elektron
ko‘rinishdagi mijoz anketasini to‘ldirgan xodimning familiyasi, ismi,
otasining ismi va lavozimi.
legallashtirishga qarshi kurashish departamentining “Tijorat banklarida
jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha
ichki nazorat qoidalarini
tasdiqlash haqida”
64
qarori. T.: 2017 yil 17 aprel .qarori asosida tuzildi.