O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa ma’lumotlar 
 
Ichki nazoratning birinchi yo‘nalishi yuzasidan asosiy me’yoriy hujjat
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2008-yil 3-mayda qabul 
qilingan 674-sonli “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini 
yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” 
hisoblanadi. SHuningdek tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan ichki 
meyoriy hujjatlar va xodimlarning xizmat vazifalari to‘g‘risidagi buyruqlar shular 
jumlasidandir.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar 
bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. 
SHuningdek, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlariga to‘laqonli amal qilishi ham 
nazorat ostiga olinadi.
So‘nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish 
imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to‘la 
nazorat qilinadi. SHu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida 
xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga 
ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini 
to‘g‘ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi 
kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib
xodimlarni murakkab amaliyotlar bo‘yicha muntazam malakasini oshirib borish 
eng asosiy vazifalardan biridir.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob 
hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi: 
- Hujjatda belgilangan talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; 
- Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami 
o‘zgartirilgan bo‘lsa ; 


221 
- Hujjat mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan tartibda o‘zgartirish kirtilgan 
bo‘lsa; 
- To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan 
reestri mavjud bo‘lmagan holda; 
- Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli 
mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga 
to‘lovlar bo‘yicha taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mijozning 
hisobvarag‘ida to‘lov uchun etarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son 
kartatekaga qabul qilinadi); 
- To‘lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo‘yish uchun foydalaniladigan 
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lmasa.
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob-
kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so‘ng amalga 
oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi; 
❖ Dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligi 
va 
ularning 
elektron 
nushalarining 
to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi
❖ Hujjatlardagi muhr izi va imzolarni o‘zlarida mavjud muhr izi va imzo 
namunalari bilan solishtiradi; 
❖ To‘lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi 
buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi; 
❖ Bankning ichki moliya-xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha kelib tushgan 
to‘lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga 
oshirish uchun asos bo‘lgan bank tegishli bo‘linmalari Xizmat farmoyishlarining 
nushalari to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo‘qligi tekshiriladi. 
YAkuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so‘ng, kunlik 
operatsiyalar uchun asos bo‘lgan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda tikilib va 
rasmiylashtirilib bo‘lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat 
xodimlari bankning elektron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va 
elektron nushalarini nazoratdan o‘tkazadi. YAkuniy nazorat xodimi bank 


222 
operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va 
ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq 
bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida 
uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek 
operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. Banklarda Bank 
Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish 
va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi: 
1- Ichki nazorat tizimini shakllantirish; 
2- Ichki nazorat tizimi ishini ko‘zatib borish; 
3- Ichki nazorat tizimi ish faoliyatini tashkil qilish; 
4- Ichki nazorat tizimining ishini nazorat qilish; 
5- Ichki nazorat tizimi ishini tekshirib turish; 
6- Ichki nazorat tizimi ishini baholash; 
Bank sohasini isloh qilishning ustuvor jihati oqilona bank nazoratini amalga 
oshirishdan iboratdir. SHu jihatdan, respublikamizda ta’sirchan bank nazorati 
tizimi iqtisodiyotning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan asosiy o‘zak 
ekanligini hisobga olgan holda Markaziy bank tomonidan banklarni nazorat qilish 
faoliyati «oldindan ogohlantirish tizimi» asosida tashkil etilgan. 
Tijorat bankining ichki nazorat tizimi bank faoliyatining jihatlari, asosiy 
yo‘nalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bog‘liq 
xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi. Masalan, yirik banklarda 
bu xizmat alohida department shaklida, shu bank filiallari tarmog‘ida esa alohida 
bo‘lim sifatida tashkil etilib, xodimlar bazasi ham ichki nazoratni muofiq darajada 
olib borish uchun etarli bo‘lishi zarur. Tijorat banki ichki nazorat tuzilmasi
quyidagi rasmda keltirilgan.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling