215
o‘zigagina tegishli huquq va majburiyatlari belgilanadi va ana shu majbuiyatlar
ichida nazorat mexanizmini amalga oshirishdagi shu xodimga tegishli ma’lum
vazifa aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu holat xodimning
ichki nazorat xizmatiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligini anglatmaydi,
lekin bank asosan mijozlar
mablag‘lari bilan ish olib borishini inobatga olganda nazorat har bir bo‘g‘inda
shartligi yaqqol ko‘rinadi.
4-jadval
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan
ma’lumotlar
61
№
Jismoniy shaxslarning zaruriy ma’lumotlari
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Tug‘ilgan sanasi va joyi.
3. Fuqaroligi.
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
5. Pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat rekvizitlari:
hujjat seriyasi va
raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
6. Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (agar mavjud bo‘lsa).
7. Uy telefoni raqami (agar mavjud bo‘lsa).
61
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5296 –sonli farmoni. T.: 2018 yil 9 yanvar asosida tuzildi.
.
216
Mamlakatimiz tijorat banklarida ichki nazoratning amaliy jihatdan tashkil
qilinishini
inobatga olib, bank ichki nazoratining asosiy ish yo‘nalishlarini
quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Bankda kundalik hujjatlashtirish va xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini
to‘laqonli bajarishini nazorat qilish;
2. Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirish va
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat ishini
tashkil etish.
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: