O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


203 
VI BOB. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi 
kurashish. Xalqaro talablar va mahalliy amaliyot. 
1-§. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida tushuncha 
Mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan bank 
tizimiga va uning samarali faoliyatiga bog‘liq. Bugungi kunda xalqaro bank 
amaliyoti umumjahon pul-moliya bozoridagi juda katta raqobat va inqiroz 
ta’siri sharoitida faoliyat yuritilayotganligi barchamizga ma’lum. Xalqaro 
amaliyotda banklar faoliyatidagi raqobat ulardan o‘z faoliyatini eng 
zamonaviy usullar va uslublar, yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni 
taqazo etadi. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasiga ko‘ra, emissiya banki va 
tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga olgan ikki pog‘onali bank tizimini samarali 
faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘ymay turib, davlat iqtisodiyotini yuksaltirish va 
uning barqarorligiga erishish mumkin emas. Bunda birinchi pog‘onada Markaziy 
bank bo‘lib, u mamlakatning pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining 
faoliyatini tartibga solib turadi. Ikkinchi pog‘onani esa tijorat banklari va boshqa 
kredit tashkilotlari shakllantiradi. .
Bank faoliyati barcha mamlakatlarda qat’iy ravishda tartibga solinadi va nazorat 
qilinadi. Zero, banklar mamlakatdagi kapitalni safarbar qilish va kreditlar taqdim 
etish bilan mamlakat moliya tizimida faol ishtirok etadi. Va albatta, nazoratning 
asosiy maqsadi mamlakat aholisini qolaversa mamlakat iqtisodiyoti manfaatlarini 
himoya qilishdir. Masalan, banklarda birgina kredit berish jarayonini qaraydigan 
bo‘lsak ham Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar 
bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit 
bera turib ular bo‘yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. SHuning uchun xar 
bir faoliyat risk bilan bog‘liq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankning kredit 
siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini 
olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‘rtasidagi nisbatning, bank 


204 
majburiyatlari bilan kapitali o‘rtasidagi va boshqa ko‘rsatkichlarning me’yorida 
bo‘lishini taqazo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi FATF (FAT F-Financial Action Task Force on Money 
Laundering- «FATF»), ya’ni “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi 
mintaqaviy guruhi”ning a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 2004 yil 26 
avgustda “ Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilgan va bu qonunga 2019 yil 15 
yanvarda qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Mazkur qonunning ba’zi bir 
jihatlarining mohiyatini kengroq tushuntirish lozim deb o‘ylaymiz. Ushbu qonunda 
keltirilgandek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar bu — jinoyat sodir etish 
natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-
mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek 
to‘liq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud o‘zgartirilgan yoki 
qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qo‘shilgan pul mablag‘lari va 
boshqa mol-mulkni ko‘zda tutadi.  

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling