208
shaxslar, yakka tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlardagi
hisob -kitoblarda
qo‘llaniladi. Plastik kartochkalar orqali bank xizmati ko‘rsatish kartochka egasi va
bank muassasasi o‘rtasida tuzilgan,
uning taraflari, shartnoma predmeti,
tomonlarning
xuquq va majburiyatlari, javobgarliklari,
hisob-kitobni amalga
oshirish shartlari, shartnomaning amal qilish shart va muddati, nizolarni hal etilish
tartibi, tomonlarning yuridik manzili ko‘rsatilgan shartnoma asosida amalga
oshiriladi.
Plastik kartochkalar talluqliligiga ko‘ra:
a) shaxsiy; b) oilaviy; v) korporativ bo‘lishi mumkin.
Amal qilish rejimiga ko‘ra plastik kartochkalar:
a) debet kartochkalar; b) kredit kartochkalar; v) elektron hamyonga bo‘linadi.
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitob qilish hisob-kitoblarning
zamonaviy va
qulay shakli sifatida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil
24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 445-sonli
qarorida
56
plastik
kartochkalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishni keng yo‘lga qo‘yish, uning
uchun
zarur tashkiliy, moddiy-texnikaviy va xuquqiy shart-sharoitlar yaratilishi
lozimligi
ta’kidlangan.
56
£збекистон Республикасининг ¡онун ¦ужжатлари т¤плами, 2004 йил, 38-39
сон, 425-модда.