O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
To‘lov topshirig‘i bilan hisob-kitob qilish
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
To‘lov topshirig‘i bilan hisob-kitob qilish (O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 792-795 moddasida) tijorat banklari amaliyotida eng ko‘p uchraydigan hisob-kitob shaklidir. To‘lov topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig‘iga muvofiq uning hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan ma’lum miqdor pul summasini mijoz ko‘rsatgan shaxsning shu yoki boshqa bankdagi hisobvarag‘iga qonun xujjatlarida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bank hisobvarag‘i shartnomasida qisqaroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlarida belgilangan bo‘lmasa, o‘tkazish majburiyatini oladi. To‘lov topshiriqnomasida mablag‘larni oluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs bankdan to‘lovni amalga oshirishni talab qilish xuquqiga ega bo‘lmaydi, bunday xuquq qonunda yoki mijozning bank bilan tuzgan shartnomsida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mijoz tomonidan berilgan to‘lov topshirig‘i o‘z shakli va mazmuniga ko‘ra qonun xujatlarida nazarda tutilgan talab hamda shartlarga mos kelishi lozim. To‘lov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob- kitob xujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan talablarga mos kelishi kerak. Mijozning topshirig‘i uning hisobvarag‘ida mablag‘lar bo‘lgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi. 200 Mijozning to‘lov topshiriqnomasini qabul qilgan bank tegishli pul summasini topshiriqnomada ko‘rsatilgan shaxsning hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun uni mablag‘ oluvchining O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining 792-moddasi birinchi qismida belgilab qo‘yilgan muddatlarda o‘tkazishi shart. Bank mijozning topshiriqnomasida ko‘rsatilgan hisobvaraqqa pul mablag‘larini o‘tkazish operatsiyalarini bajarish uchun boshqa banklarni jalb qilishga haqli. Bank mijozning talabiga ko‘ra, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, topshiriqning bajarilganligi haqida unga darhol xabar berishi shart. Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan taqdirda, bank buning uchun oluvchining O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksning 327- moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi. To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida solidar javobgar bo‘ladilar. Akkredetiv bo‘yicha hisob-kitob qilish. Akkredetiv – bank tomonidan mijozning topshirig‘i bo‘yicha uning sherigi (kontragenti) foydasiga shartnoma asosida beriladigan pul majburiyatidir. Unga ko‘ra akkredetiv ochgan bank muassasasi (emitent) etkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovni amalga oshirish vakolatini boshqa bankka berishi lozim bo‘ladi. Akkredetiv bilan hisob-kitob qilinganida emitent bank o‘z nomidan, ammo mijoz mablag‘lari hisobiga to‘lovlarni amalga oshiradi. Akkredetiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (to‘lovchining) topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkredetiv ochgan bank (bank- emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs (bundan keyingi matnda – mablag‘larni oluvchi) xujjatlarni taqdim etgan va akkredetivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. qoplangan (deponentlangan) akkredetiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni bank emitentining majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga o‘tkazishi shart. Qoplanmagan akkredetiv ochilgan taqdirda bank- 201 emitent ijrochi banka akkredetivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish xuquqini beradi. Akkredetivni amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi pul mablag‘larini to‘lovchi bilan oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi. SHartnomada yana quyidagilar bo‘lishi kerak: bank-emitentning nomi; akkredetivning turi va uni bajarish usuli; mablag‘larni oluvchini akkredetiv ochilganligi haqidagi xabardor qilish usuli; akkredetiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun oluvchi tomonidan taqdim etiladigan xujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi; tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgandan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar. Mablag‘ oluvchining roziligisiz bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan akkredetiv chaqirib olinmaydigan akkredetiv deyiladi. Bank emitentining iltimosiga binoan akkredetiv bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishda ishtirok etayotgan ijrochi bank chaqirib olinmaydigan akkredetivni tasdiqlashi mumkin (tasdiqlangan akkredetiv). Bunday tasdiqlash ijrochi bank bank-emitentning majburiyatiga qo‘shimcha sur’atda akkredetiv shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligini bildiradi. Ijrochi bank tomonidan tasdiqlangan chaqirib olinmaydigan akkredetiv ijrochi bankning roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Akkredetivni ijro etish uchun mablag‘ oluvchi ijrochi bankka akkredetivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkredetiv hisobidan pul to‘lanmaydi. Agar ijrochi bank akkredetiv shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan bo‘lsa, bank-emitent unga qilingan harajatlarni to‘lashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari. SHuningdek akkredetivni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma harajatlarni mijoz tomonidan qoplanadi. Agar ijrochi bank tashqi alomatlari bo‘yicha akkredetiv shartlariga muvofiq kelmaydigan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tartsa, u bu xaqda darhol mablag‘ oluvchiga va bank-emitentga sabablarni ko‘rsatgan holda ma’lum qilishi kerak. 202 Agar bank-emitent ijrochi bank tomonidan qabul qilingan hujjatlarni olgach, ularni tashqi alomatlariga ko‘ra akkredetiv shartlariga mos kelmaydi deb hisoblasa, ularni qabul qilishdan bosh tortishga hamda ijrochi bankdan mablag‘ oluvchiga akkredetiv shartlarini buzgan holda to‘langan summani talab qilishga, qoplanmagan akkredetiv bo‘yicha esa to‘langan summani qoplashdan bosh tortishga xaqli bo‘ladi. Ijrochi bank qoplangan yoki tasdiqlangan akkredetiv bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lashdan asossiz bosh tortgan taqdirda mablag‘larni oluvchi oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Ijrochi bank akkredetiv shartlarini buzish oqibatida qoplangan yoki tasdiqlangan akkredetiv bo‘yicha pul mablag‘larini noto‘g‘ri bergan taqdirda, mijoz oldidagi javobgarlik ijrochi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Akkredetiv ijrochi bankda: akkredetiv muddati tamom bo‘lgach; mablag‘ oluvchining akkredetivning amal qilish muddati tamom bo‘lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi xaqidagi arizasiga ko‘ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkredetiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa; Pul to‘lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish xaqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkredetiv shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilsa, yopiladi. Akkredetiv yopilganligi xaqida ijrochi bank bank emitentni xabardor qilishi kerak. Deponentlangan akkredetivning foydalanilmagan summasi akkredetiv yopilishi bilan bir vaqtda bank emitentga qaytarib berilishi kerak. Bank- emitent qaytarib berilgan summalarni to‘lovchining mablag‘lar deponentlangan hisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling