O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Hisob-kitoblarining shakllarining to‘lov tizimidagi o‘rni, to‘lov tizimidan
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
4-§.
Hisob-kitoblarining shakllarining to‘lov tizimidagi o‘rni, to‘lov tizimidan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari To‘lov tizimining sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar qonun hujjatlari va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi. SHartnoma yozma shaklda tuzilgan bo‘lishi va unda quyidagi qoidalar ko‘rsatilishi kerak: -elektron to‘lovlarni amalga oshirishda elektron to‘lov hujjatlarini jo‘natish hamda qabul qilib olish tartibi; -elektron to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida elektron to‘lov hujjatlarida elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash tartibi; -elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq miqdori; -taraflarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlari; -taraflarning javobgarligi, shu jumladan elektron to‘lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavflar bo‘yicha javobgarlikning taqsimlanishi; -nizolarni hal qilish tartibi va boshqalar. Qonunchilikga asosan, to‘lov tizimi a’zolarining huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat: 197 -To‘lov tizimining a’zolari elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq olishga va qonunda belgilangan hollarda to‘lov tizimidan foydalanuvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga haqlidir. -To‘lov tizimining a’zolari tegishli to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq elektron to‘lov hujjatiga ishlov berilishini va uning muhofaza qilinishini ta’minlashlari kerak. Bunda to‘lov tizimining a’zosi — bank: to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga tushadigan pul mablag‘larini qabul qilishi va hisobga kiritishi, uning tegishli summalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarishi; o‘zining aybi bilan noto‘g‘ri amalga oshirilgan operatsiyalarni tiklashi yoki tuzatishi; to‘lov tizimidan foydalanuvchiga uning hisobvarag‘iga oid axborotni shartnomada belgilangan muddatlarda qog‘ozdagi yoki elektron shaklda taqdim etishi; pul mablag‘lari oluvchining-to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga tushganligini to‘lovchining-to‘lov tizimidan foydalanuvchining so‘rovi bo‘yicha qog‘ozdagi yoki elektron shaklda tasdiqlashi shart. To‘lov tizimining a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.b SHuningdek, qonun bo‘yicha to‘lov tizimidan foydalanuvchilari ham ma’lum huquq va majburiyatlarga ega. To‘lov tizimidan foydalanuvchilar o‘z hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etishga va o‘z hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborot olishga haqlidir. To‘lov tizimidan foydalanuvchilar: -to‘lov tizimining qoidalari bilan belgilangan axborotni muhofaza qilish tartibiga rioya etishi; 198 -elektron to‘lov vositalarining va identifikatsiya ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlashi; -to‘lov tizimining a’zosiga elektron to‘lov vositalari yoki identifikatsiya ma’lumotlari yo‘qolganligi to‘g‘risida shartnomada belgilangan muddatlarda xabar qilishi shart. To‘lov tizimidan foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisob- kitob shakllaridir. O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar, akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar, inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar, cheklar bilan hisob-kitob shakllarda amalga oshiriladi: 55 Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to‘lov vositasi sifatida plastik kartochkalardan ham foydalaniladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu hisob-kitob hujjatlaridir. Naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklining har birida alohida hujjatlar ishlatiladi.Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomasi shaklida to‘lov topshiriqnomasi, akkreditiv shaklida akkreditivga arizadan foydalaniladi. SHu bilan birga, inkasso shaklida inkasso operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan ikkita hujjat, ya’ni inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasidan foydalaniladi. Bank ichki operatsiyalarida memorial order, cheklar bilan hisob-kitoblarda hisob-kitob cheklari yordamida operatsiyalar bajariladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining asosiy elementlaridan biri bu - to‘lov usuli va muddatlaridir. Tovar jo‘natilmasdan yoki xizmatlar bajarilmasdan oldingi to‘lovlar avans to‘lovlari yoki oldindan to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining elementlaridan biri- to‘lovlar ketma-ketligidir. Hisob-kitob hujjati bankka to‘lash uchun taqdim etilganda, 55 “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi 2465-sonli nizom. 2013 yil 3 iyun. 199 mijozning hisobvarag‘ida to‘lash uchun pul etmaganda hisob-kitob xujjatlari “O‘z muddatida to‘lanmagan hisob-kitob xujjatlari” nomli 2-kartotekada hisobga qo‘yiladi. Mijozning hisobvarag‘iga pul mablag‘lari kelib tushgandan so‘ng, hamma hujjatlar to‘lab beriladi. Agar mablag‘ etarli bo‘lmasa, mablag‘larni hisobdan chiqarish “Xo‘jalik sub’ektlarining bankdagi hisobvarag‘laridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi” 2342-sonli Yo‘riqnoma asosida proporsional to‘lovlar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling