O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda  
— pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida 
topilgan bo‘lsa, ularni o‘tkazish, mulkka aylantirish yoxud almashtirish 
yo‘li bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berishdan, xuddi 
shuningdek bunday pul mablag‘larining yoki boshqa mol-mulkning asl 
xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, ko‘chirish usulini, pul 
mablag‘lariga yoki boshqa mol-mulkka bo‘lgan haqiqiy egalik huquqlarini 
yoki ularning kimga qarashliligini yashirishdan yoxud sir saqlashdan 
iborat bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishni tushunish 
lozim.
Terrorizmni moliyalashtirish — terrorchilik tashkilotining mavjud 
bo‘lishini, faoliyat ko‘rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik 


205 
faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O‘zbekiston 
Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta’minlashga, terrorchilik 
harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud 
terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok 
etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-
vositalarni, resurslarni berishga yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar 
ko‘rsatishga qaratilgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir. 
Ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, 
biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurolni yaratishda 
foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, 
ishlab chiqarish, olish, to‘plash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish maqsadida har 
qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar 
ko‘rsatishni ifodalaydi. 
Qonunga ko‘ra jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, 
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni 
moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar 
kiradi: 
-maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat;
-ichki nazorat; 
-mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
-tavakkalchiliklarni aniqlashga, baholashga va kamaytirishga doir choralar. 
Ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan maxsus vakolatli davlat organi doimiy ravishda 
qonun talablariga nazoratni amalga oshirishi lozim. Maxsus vakolatli davlat 
organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat — pul mablag‘lari yoki boshqa 
mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar taqdim 
etadigan axborotni tekshirish va qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga 


206 
oshirish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadigan 
chora-tadbirlar majmuini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ichki nazorat pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat 
organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir. 
Ichki nazorat amalga oshirilayotganda zarur axborotni rasmiylashtirish, uning 
maxfiyligini ta’minlash tartibi, kadrlarni tayyorlash va o‘qitishga doir malaka 
talablari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim 
bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni 
aniqlash mezonlari va ularning alomatlari belgilanadi. Pul mablag‘lari yoki boshqa 
mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun ichki 
nazorat qoidalari tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan 
o‘tkazuvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, 
bunday organlar bo‘lmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan 
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat mazkur 
qoidalarni tasdiqlagan organlar, shuningdek maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshiruvchi tashkilotlarning quyidagi majburiyatlari yuqoridagi qonunga asosan 
belgilab berilgan. Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq 
operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar:
ichki nazorat tizimlarini tashkil qilishi va joriy etishi;
identifikatsiyalash tartib-taomillarini amalga oshirishi va mijozlarni lozim darajada 
tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi, shu jumladan mijoz va uning 
mulkdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashi hamda muntazam 
yangilab borishi;
mulkdorlar va mijozlarni nazorat qiluvchi shaxslarni identifikatsiyalashi hamda 
ularning shaxsini tekshirish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rishi;


207 
jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirish, 
terrorizmni 
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bo‘yicha 
o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash hamda baholash choralarini ko‘rishi, ushbu 
tavakkalchiliklarni hujjatlar bilan qayd etishi va ularni kamaytirish yuzasidan 
choralar ko‘rishi;
mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish imkoniyati 
bo‘lmagan taqdirda, hisobvaraq ochishni, operatsiyani amalga oshirishni, amaliy 
munosabatlarga kirishishni rad etishi va mavjud amaliy munosabatlarni tugatishi, 
shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni maxsus vakolatli davlat 
organiga yuborishi;
shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni, shu jumladan ularni amalga 
oshirishga bo‘lgan urinishlar to‘g‘risidagi xabarlarni ular aniqlangan kundan 
keyingi bir ish kunidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga belgilangan 
tartibda yuborishi;
operatsiya ishtirokchilarini terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini 
tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar 
ro‘yxati bilan solishtirishi;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok 
etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan 
shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib 
turishi, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag‘iga tushgan pul 
mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul 
mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yishi, 
shuningdek shubhali operatsiya to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar 
yuborishi shart.
Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok 
etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan 
shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-


208 
mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-
mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi manfaatdor 
vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan belgilanadi.
60
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh ( FATF )ning tavsiyalari 
ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 20 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti SH. Mirziyoevning “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini 
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani 
tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3947-son qarori qabul qilingan bo‘lib unda 
respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, 
jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va 
andozalarga muvofiqliligini ta’minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish 
Evroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini 
o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining 
jinoiy 
faoliyatdan 
olingan 
daromadlarni 
legallashtirishga, 
terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan. O‘zaro 
baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tishi va Jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab 
chiquvchi guruh (FATF)ning tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga 
va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda 
60
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy 
qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun. T.2004y.26 avgust.


209 
ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash 
o‘tkazilishi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo 
komissiyasi tasdiqlagan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Departament) 
Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi. 
Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
-jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil 
etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini 
yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar 
ko‘rish; 
-jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 
-FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini 
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy 
hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni 
ta’minlash; 
-jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil 
qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va 
shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish 
va boshqalar. 


210 
Bugungi kunda tijorat banklarida ichki nazoratni tashkil etishda banklarning 
ichki meyoriy hujjatlaridan keng foydalanilmoqda. CHunki etibor qilinadigan 
bo‘lsa Markaziy bank va boshqa vakolatli organlar tomonidan ishlab chiqilgan va 
banklarga tavsiya etilgan meyorlar ushbu tizimning umumiy xususiyatlarini 
qamrab oladi va har bir bank boshqaruvi o‘z ichki mee’yorlari asosida ichki 
nazorat xizmatini to‘liq va samarli tashkil etadi.
2-§.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling