O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar. Inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilinganida
mijoz o‘z bankiga (bank-emitentga) pul to‘lovchidan to‘lovni va (yoki) to‘lov akseptini mijoz hisobidan qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi. Inkasso topshirig‘ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi qonun 203 hujjatlari bilan va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi. Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan taqdirda, bank-emitent uning oldida ushbu oluvchining Fuqarolik Kodeksning 24- bobida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra va miqdorda javobgar bo‘ladi. Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan bo‘lsa, mijoz oldidagi javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Biron-bir hujjat bo‘lmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga ko‘ra inkasso topshiriqnomasiga mos bo‘lmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu xaqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga xaqli. Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular bo‘yicha pul to‘lanishi shart bo‘lsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti to‘lovga taqdim etishi shart. Agar hujjatlar bo‘yicha pul boshqa muddatda to‘lanishi kerak bo‘lsa, ijrochi bank-to‘lovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasini olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, to‘lov talabi esa xujjatda ko‘rsatilgan to‘lov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qo‘yilishi kerak. Qisman bajariladigan to‘lovlar bank qoidalarida belgilab qo‘yilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat bo‘lsa qabul qilinishi mumkin. Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tassarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning yuisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan o‘ziga tegishli haqni va harajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli. Agar to‘lov va (yoki) aksept olingan bo‘lmasa, ijrochi bank pul to‘lanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida bank-emitentni bosh tortilganligining sabablari to‘g‘risida bank-emitentni darhol 204 habardor qilishi shart. Bank-emitent bu xaqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar hususida ko‘rsatmalar so‘rashi shart. Bundan keyingi harakatlar to‘g‘risida bank qoidalarida belgilangan muddatda ko‘rsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli. Qarzdor (to‘lovchi) dan to‘lovni yoki akseptni olish uchun yo‘naltirilgan harakatlarni inkasso operatsiyalari deb nomlanadi. To‘lov oluvchining inkasso topshirig‘i inkasso orqali hisob-kitoblar amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Inkasso to‘lovlari aksept asosida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda akseptsiz (nizosiz) tartibda ham amalga oshirilishi mumkin. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling