O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Tayanch so‘zlar: bank siri, tijorat siri, sir, maxfiy axborot, shikoyat, majburiyat, 
xavfsizligini ta’minlash, axborot xavfsizligi  
Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 
1. Bank siri deganda nimani tushinasiz? 


320 
2. Bank siri sohasidan qaysi qonunlarni bilasiz va ular qachon qabul qilingan?
3. “Bank siri to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 
4. Bank siri va axborot maxfiyligi qanday ta’minlanadi?
5. Bank siri va axborot maxfiyligini qaysi tashkilot kafolatlaydi? 
6. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar qaysi vaqtda, qanday va kimlarga 
berilishi mumkin. 
7. “Avtomatlashtirilgan 
bank 
tizimida 
axborotlarni 
muhofaza 
qilish 
to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 
8. Banklarda to‘lov tizimi xavfsizligi deganda nimani tushinasiz? 
9. Banklar faoliyatiga doir axborotlarni maxfiyligini sao‘lash zarur choralari va 
huo‘uo‘iy asosi o‘aysi o‘onun xujjatida berilgan? 
10. Bank siri to‘YOrisidagi o‘onun o‘achon o‘abul o‘ilingan va mazmuni nimadan 
iborat? 
11. Bank axborotlariga o‘o‘yiladigan muayyan talablar va ma’lumotlar yiYOindisini 
aytib bering. 
12. Bank sirini oshkor o‘ilinganligi uchun javobgarlikning huo‘uo‘iy asoslari o‘aysi 
o‘onun xujjatlarida ko‘rsatilgan? 
13.  Bank 
siri 
hisoblanuvchi 
hujjatlar 
qaysilar


162 
 
V BOB. Bank operatsiyalari va bank bitimlari, banklarda hisob-kitob 
munosabatlarini tashkil etishning xuquqiy asoslari. 
1-§. Bank operatsiyalar va hisob-kitoblar tushunchasi. 
Mamlakatimizda barqaror va samarali bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‘zining natijalarini 
namoyon etmoqda. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal taraqqiy qilib 
borishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan Harakatlar Strategiyasining
38
qabul qilinishi va unda tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, ular faoliyatini 
xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalarining ustivor vazifalar sifatida 
belgilab olinganligi bank tizimini yanada jadal rivojlanirishga asos bo‘lmoqda. 
2019 yil 7 noyabrda Ozbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov 
tizimlarii to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi mamlakatda to’lov va hisob-
kitoblar tizimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
2016 yilda O‘zbekistonda YAIM hajmi joriy narxlarda 199 trln. so‘mni yoki 
67 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM 
hajmi mos ravishda 6,2 mln. so‘mga yoki 2106 AQSH dollariga teng bo‘lgan. 
2016 yilda so‘mning rasmiy almashuv kursi yillik o‘rtacha 2966 so‘mni (bir 
dollarga) tashkil etgan. 2017 yil yakunlariga ko‘ra, YAIM hajmi joriy narxlarda 
249,14 trln. so‘m yoki 48,65 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘ldi. Jon boshiga 
hisoblaganda, YAIM hajmi 7,7 mln. so‘mni yoki 1502,1 AQSH dollarini tashkil 
qilmoqda
39

“2016 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 
(YAIM) real o‘sish sur’ati 2015 yilga nisbatan 7,8 foizni va uning nominal hajmi 
199,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiyotning bunday sur’atlarda rivojlanishi 
38
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida
. 7 fevral 
2017 y.
 
39
Stat.uz.O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari 


163 
asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining 9,6 foizga, xizmatlar 
ko‘rsatish hajmining 12,5 foizga, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida mahsulot 
ishlab chiqarish hajmlarining 6,6 foizga, shuningdek, tashqi savdo aylanmasining 
ijobiy saldosi hisobiga ta’minlandi.”
40
Bank tizimi kengayib 2017 yil 1-may 
holatiga to‘lov tizim va hisob kitoblarni amalga oshiruvchi banklar soni 27 tani, 
filiallari va minibanklari 4000dan ortiqligi, banklar mijozlari, ularga ochilgan 
hisobvaraqlar soni va depozitlar xajmining oshishi ham hisob-kitoblar bilan 
bog‘liq. O‘zbekiston respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlariga ko‘ra,
“Har 100 ming (katta yoshli) aholiga to‘g‘ri keladigan bank muassasalari soni 
2016 yilda 49,8 tani tashkil etgan bo‘lsa, har 1000 ta katta yoshli aholiga to‘g‘ri 
keladigan bank hisobvaraqlari soni 1 138 birlikni (1000 tadan ko‘p yuqori 
hisoblanadi) tashkil etdi. Bugungi kunda Respublikamizda iqtisodiyotni 
rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan bank xizmatlarining yuqori saviyada va 
me’yoriy hujjatlarga asoslangan bo‘lishi, bank muassasalari faoliyatidagi barcha 
operatsiyalarning buxgalteriya hisobini to‘liq va o‘z vaqtida tegishli me’riy 
xujjatlarda belgilab berilgan tartibda amalga oshirilishi, ayniqsa bu borada xalqaro 
standartlarga amal qilinishi davr talabi bo‘lib qolmoqda. Buxgalteriya hisobi, 
to‘lov tizimi va hisob-kitoblar bilan bog‘liq risklar, jumladan, pul mablag‘larini 
noto‘g‘ri yoki o‘z vaqtida o‘tkazmasligi, uchinchi shaxsning oldida bank 
obro‘yiga putur etishi sababli yo‘qotishlar riski hamda hisob-kitoblarni o‘tkazish 
davomida nazoratning sustligi, buxgalteriya hisobini yuritilishidan kamchiliklarga 
yo‘l qo‘yilishi, firibgarlik riski, pul mablag‘larini bir hisobvaraqqa o‘tkazish 
o‘rniga boshqa hisobvaraqqa o‘tkazish holatlarining yuzaga kelishi, hisob-kitob 
hujjatlarida bilib yoki bilmasdan xatolik yoki kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi 
natijasida hisobvaraqlarning xolatiga noto‘g‘ri baxo berilishi kabilar bilan bog‘liq 
risklarni keltirish mumkin. Ta’kidlash lozimki, tijorat banklarida naqd pulsiz
hisob-kitoblar, to‘lov tizimi va uni tashkil qilish bilan bog‘liq risklar mustaqil 
ilmiy-tadqiqod ob’ekti sifatida kompleks o‘rganilmagan. Amaliyotda bank 
operatsiyalarining har biri hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lganligi sabab ular risk 
40
w.w.w.cbu.uz. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti malumotlari 


164 
bilan bog‘liq. Naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarida hisob varaq nomerlarining 
noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, xujjatdagi summani komp’yuterga noto‘g‘ri kiritilishi, 
mijoz tomonidan taqdim etilgan xujjatlardagi imzo va muxrlarning namunaga mos 
kelishi tekshirilmay o‘tkazib yuborilganda bajarilgan operatsiyalarning har biri 
katta riskka uchrashi holatlari kuzatilishi mumkin. To‘lovlarning o‘z vaqtida 
o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri o‘tkazilishi, banklarning 
vakillik hisobvaraqlarida mablag‘larning etarli bo‘lmay qolishi, bank bilan 
mijozlar, shuningdek, bir-birlari bilan sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan 
sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarga putur etishiga sabab bo‘ladi. Mijozlar 
to‘lovlarining o‘z vaqtida o‘tmay qolishi yoki boshqa hisobvaraqlarga noto‘g‘ri 
o‘tkazilishi, banklarning vakillik hisobvaraqlarida etarli pul mablag‘larinining 
bo‘lmasligi natijasida mijozlarning operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarning 
to‘xtab qolishi yoki kechikishi natijasida yuzaga keladigan risklar aynan naqd 
pulsiz hisob-kitoblar va to‘lov tizimi bilan bog‘liq risklar bo‘lib 
hisoblanadi.Iqtisodiyotda hisob-kitoblarni tez va samarali tashkil etish, ya’ni 
xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro etkazib berilgan tovar hamda mahsulotlar, 
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun pul to‘lovlari o‘z vaqtida, to‘la xajmda 
o‘tkazilishini ta’minlash – tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan asosiy 
bank operatsiyalaridan sanaladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar sub’ektlar o‘rtasidagi 
hisob-kitoblarni naqd pul ishlatmasdan bankdagi bir hisobvaraqdan boshqa 
hisobvaraqqa o‘tkazilishi bo‘lib hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar o‘zining 
iqtisodiy mohiyatiga karab tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq hisob-kitoblar 
va notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga bo‘linadi.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling