O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tarkibi


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

7-rasm. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tarkibi 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar
 
Tovar savdosi bilan bog’liq 
hisob-kitoblar 
 
Notovar xarakterdagi 
hisob-kitoblar
 


165 
Tovarlarni sotish jarayonidagi hisob-kitoblar moddiy boyliklar aylanishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan korxona, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida 
olib boriladi. Lekin plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblar respublika bank 
amaliyotiga kirib kelgandan so‘ng, aholi ham plastik kartochkalar bilan naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshira boshladi. 
Notovar xarakterdagi hisob-kitoblarga milliy daromadni taqsimlash, qayta 
taksimlash bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar, daromaddan to‘lovlar, har xil badallar, 
soliqlar, kreditlarni to‘lash, uy-joy, har xil xizmatlar uchun to‘lovlar va boshqalar 
kiradi. Tovarlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarning naqd pulsiz 
o‘tkazilishi, moddiy boyliklarni etkazish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov 
muddatini yaqinlashtirishga yordam beradi.
Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida 
o‘tkazilmasligi korxonalar mablag‘larining xo‘jalik oborotidan chiqib ketishga, 
ko‘zlangan rejalarni bajarishga mablag‘larning etishmasligiga olib keladi. 
O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarning kengayib borishiga bank tizimining 
rivojlanishi, infrastrukturaning kengayishi xizmat qiladi, negaki respublikaning 
turli nuqtalarida joylashgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar turli banklarda o‘z 
hisobvarag‘ini ochadi, shu bilan birga ushbu bank hamda boshqa tijorat 
banklarining mijozlari bilan ho‘jalik aloqalarini olib boradilar. Naqd pulsiz hisob-
kitoblarning keng ishlatilishiga keng tarmoqli bank tizimining rivojlanishi, davlat 
tomonidan makroiqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va uni tartibga solish nuqtai-
nazaridan davlatning qiziqishi, mulkchilik shakllarining ko‘payishi va turli 
mulkchilik munosabatlarining kengayib borishi asos bo‘ladi. 
Hisob-kitoblarning iqtisodiy hayotdagi ahamiyati yaxshi anglangan holda bu 
soxadagi ishlarni takomillashtirish hamda rivojlantirilishi hukumatning diqqat 
markazida bo‘lib kelmoqda.
Hisob-kitoblarga oid asosiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksida nazarda tutilgan. Jumladan, FKning 790-moddasiga ko‘ra fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ular 
o‘rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar 


166 
bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin. 
YUridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar 
naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi 
hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd 
pulda ham amalga oshirilishi mumkin. 
Agar qonunda boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni 
foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hiso-kitoblar 
ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit 
tashkilotlar (bundan buyon banklar) orqali amalga oshiriladi. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida 
qayd etilishicha:Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank 
belgilaydigan tartibda amalga oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun 
ular qonun xujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar. 
Hisob-kitoblarga oid huquqiy munosabatlar pul majburiyatlari shaklidagi 
xuquqiy munosabatlardan bo‘lib, shartnomalar yoki boshqa xuquqiy asoslardan 
vujudga keladi. Hisob-kitob munosabatlar pul majburiyatlari shaklidagi huquqiy 
munosabatlardan bo‘lib, shartnomalar yoki boshqa xuquqiy asoslardan vujudga 
keldi. Hisob-kitob munosabatlarida to‘lovchi va pulni oluvchi tomonlar ishtirok 
etadilar. Ularning teng xuquqliklari, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday 
harakatlarni sodir etishlari mumkinligi, shartnoma tuzishning erkinligi, hisob-
kitoblarning O‘zbekistonning butun xududida erkin amalga oshirilishi tamoyillari 
to‘la e’tirof etiladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi bevosita moliya, valyuta va qimmatli 
qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning 
uchun, respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bir qator rivojlangan 
davlatlar tajribasini o‘rganib, tijorat banklarning moliyaviy holati va boshqa 
omilarni hisobga olgan holda, yangi hisob-kitoblar tizimini tashkil etish maqsadga 
muvofiq deb topildi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi huquqiy 


167 
hamda me’yoriy baza yaratildi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblar 2013 yil
3-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2465-son bilan ro‘yxatga 
olingan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish 
to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni bir tizim sifatida qarasak, uning bir qator 
elementlardan tashkil topgan. 1.2- rasmdan ko‘rib turganimizdek, naqd pulsiz 
hisob-kitoblar tizimining elementlariga naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil 
etishning asosiy tamoyillari, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari, hisob-kitob 
hujjatlari, to‘lovlar navbati, to‘lovusuli va muddati, to‘lov manbalari, hisob-
kitoblar ishtirokchilari, ya’ni sub’ektlari kabilarni kiritish mumkin.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling